Anvar Obidjon. Maqtanchoq (hikoya)

Mardivoy haqida gap ketgudek bo‘lsa, “maqtanchoq” degan so‘zni ham albatta qo‘shib aytishadi. Odam, maqtanchoq bo‘lganga yarasha, sal botirroq bo‘lsa-ku, bir nav. Ammo, uchragan kimsaga osmondan kelib gapirsa-yu, o‘zi chumchuq “pir-r” etsa, yuragi “shir-r” etadiganlar sirasiga kirsa, ko‘pchilikka masxara bo‘lgani qolarkan.Mardi-maqtanchoq davomi…

Anvar Obidjon. Qo‘g‘irchoqlar (hikoya)

Gulsanamning tug‘ilgan kunida dadasi unga ajabtovur qo‘g‘irchoq olib keldi. Sochlari mayda o‘rilib, boshiga ko‘k ro‘mol chandilgan, egniga atlas ko‘ylak kiydirilgan bu yoqimtoy qo‘g‘irchoqni bir siltab qo‘ysangiz bas – ichiga o‘rnatilgan mitti moslama o‘z-o‘zidan ishga tushib, “Qizaloq” rosa yig‘lab beradi.Gulsanam uni davomi…

Anvar Obidjon. Olovjon (hikoya)

Kunlar isib, talon-taroj mavsumi boshlangani munosabati bilan Qumursqalar podshosi saroyida katta ziyofat berilmoqda edi. Bazm avjga mingan chog‘da Yumaloqpolvon ismli lashkarboshi halloslaganicha shohning huzuriga kirib kelib, gap boshladi:– Olg‘ir qo‘shinlarimiz saxiy odamlar qoqqan dasturxondan tushgan uvoqlarni o‘sha zahotiyoq qurshovga olishga davomi…

Nurullo Oston. Eski do‘kon (hajviya)

Hozir nima ko‘p-to‘ylar ko‘p. Qarindosh-urug‘, oshna-og‘aynilardan xudo bergan-nikoh to‘yidan chiqib sunnat to‘yiga, undan chiqib Payg‘ambar yoshi, muchal to‘yiga bo‘zchining mokisiday yuguraman. Ayniqsa, ro‘za oldidan hamma baravariga kelishib olganday qichab qoladi. Ertalab to‘y, tushda to‘y, kechda to‘y… Bormasang, astoydil xafa bo‘lishadi. davomi…

Nurullo Oston. Uylanish (hajviya)

Odam bolasi tug‘iladi, voyaga yetadi, hamma narsaga havas qiladi, orzulari olamga sig‘maydi, uylanadi, bolalarim deb yuguradi, quyosh sharqdan chiqib g‘arbga botganiday, xuddi shunday  tashvishlarni zurriyodlariga qoldirib etagini silkib ketivoradi. Bolalar ham otasi qilgan xatoni takrorlayveradi. Xo‘sh, xato nimada? Hamma xato davomi…

Nurullo Oston. Yalang‘och odam (hajviya)

Axborot asri deb nom olayotgan hozirgi davrda ilgari bizning tasavvurimizda uyat deb hisoblanib kelingan ko‘p narsalar odatiy holga aylanib qoldi. Tilivizirga qarasang, ko‘kragi lorsillagan xonimchalar uchragan xushtori bilan o‘pishib ketaveradi, FM to‘lqinlari “Labingdan o‘pay, qurboning bo‘lay”lardan bo‘shamaydi, Internetni ochsang, pornosekslarni davomi…