Xoliyor Safarov. Qo‘g‘irchoq (hikoya)

Ona chorpoyada ikki to‘shak o‘rtasidagi tol beshik gumbaziga bir qo‘lini qo‘yganicha maroq bilan tebratar, ikkinchi qo‘li bilan sekin baxmal pardani ko‘tarib, mayin va ichikkan tabassum bilan qarab-qarab qo‘yardi. Beshik yo‘rg‘asi bir maromda «g‘iych-g‘iych» etgan ovoz chiqarib, dastasiga osib qo‘yilgan shaldiroq davomi…

Xoliyor Safarov. Jiyron (hikoya)

Ot — insonning yo‘ldoshi.(Xalq maqoli).O‘shanda yozning o‘rtalari edi. Chorpoya yo‘qligi uchun bo‘lsa kerak, uyimiz oldida guvala g‘ishtdan o‘rtasi tuproqqa to‘ldirilgan, atrofi loysuvoq qilinib, o‘ttiz-o‘ttiz besh santimetrlar balandlikdagi qo‘lbola supa ko‘tarib qo‘yilgandi. Yoz oqshomlarida oilamiz bilan o‘sha yerda yotardik. Tartib hech davomi…

Xoliyor Safarov. Ikki sohil (hikoya)

Kechki ovqatdan so‘ng bir dasturxon atrofida o‘tirishgan oila a’zolari birin-ketin tarqalisha boshladi. Qaynona nevarasini qo‘liga oldi, xushro‘ygina kelin idish-tovoqlarni ko‘tarib, oshxonaga o‘tib ketdi. Sochlariga oq tushgan, baland bo‘yli, qorindor, yillar zahmati va bedor o‘tgan tunlardagi mutolaalar natijasi o‘laroq, qoramtir yuziga davomi…

Xoliyor Safarov. To‘ti Momo (hikoya)

– Ichingga o‘t tushkurning ichi to‘lib ketgan ekan! Inkubatir bo‘l-a, inkubatir!– Nima gap, To‘ti? Tinchlikmi? – hozirgina bomdodni o‘qib, tashqarilayotgan Ochil bobo ko‘cha eshigini qarsillatib yopib kirgan xotinining avzoyi buzuqligi, lopillab kelishini ko‘rib, nima bo‘lganligini tushundi-yu, cho‘qqi soqolini tutamlaganicha ostonada davomi…

Xoliyor Safarov. Haydar bobo (hikoya)

Oxirgi paytlarda Haydar bobo juda g‘alati bo‘lib qoldi. Uni goh uy oldidagi omonat kursida mung‘ayib uzoq-uzoqlarga tikilib o‘tirgan holda, goh uyi atrofida qo‘llarini orqaga qilgancha asabiy yurganini, ba’zan esa kun qiyomda bo‘lishiga qaramay peshanasiga chorsi belbog‘ bog‘lab, tomorqasida ketmon urayotganda davomi…

Xoliyor Safarov. Atirgul (hikoya)

Malik aka cho‘chib uyg‘ondi. Boshini ko‘tarib, yonginasida pishillab uxlab yotgan o‘g‘ilchasiga qaradi.  U o‘g‘lining tepkilab surib tashlagan ko‘rpasini yelkasiga tortib qo‘ydi-da,  xomuza tortdi. Mudroq ko‘zlarini uqaladi va deraza tomon nigoh tashladi. Hali tong qorong‘u. Bir-ikkita mashinaning g‘ir-g‘irini aytmasa, ko‘cha sokin, davomi…

Rustam Jabborov. Intihor (qissa)

“Har gal noutbuk qarshisiga muayyan maqsad, aniq bir g‘oya bilan o‘tirardim. Chunki, yozishim kerak bo‘lgan asarimining mavzu yoxud mazmuni, avvalroq miyamda pishib yetilgan bo‘ladi. Hozir she’r yozmoqchi emasman, bu aniq. Buni maqola, hikoya yoxud qissa deb atagim ham yo‘q. Muallifning davomi…