Qahramon

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, toshbaqa tarozbon ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan.Qadim zamonlarda ajoyib bir shahar bor ekan. Unga davomi…

Besh qiz

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. Qadim zamonda Sharq mamlakatlarining birida Kalla bozor mahallasida juda ham kelishgan, o‘n besh yoshlardagi Karomatxon ismli qiz opalari bilan yashar ekan. U qiz bir kuni qo‘liga davomi…

Qilichqora

Uch og‘ayni bor ekan. To‘ng‘ichining oti Yulduzsanar, o‘rtanchasining oti Daryobog‘lar, kenjasining oti Qilichqora ekan. Bularni otalari uylantirmabdi. Uch og‘ayni maslahatlashib, bitta odamni vosita qilib aytibdilar:— Otamizga chiqib ayting, bizni uylantiradimi, yo‘qmi? Otalari:— Darvoqe, men o‘g‘illarimni uylantirganim yo‘q edi. Uchoviga uch davomi…

Qirq kuyov

Bir podshohning qirq o‘g‘li bor ekan. Bir kuni podshoh katta o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘libdi. Buni eshitgan boshqa o‘g‘illari, “Bizlarni ham uylantiring, deyishibdi. Podshoh qirqta o‘g‘liga qirqta qizlik odamni qidirtira boshlabdi. Bir necha yillar qidirgandan keyin, o‘z mamlakatidan olti oylik yo‘lda bo‘lgan davomi…

Bektemir botir

Qadim zamonda Farg‘ona mamlakatida Odilxon degan bir podshoh o‘tgan ekan. Uning to‘rtta xotini bo‘lgan ekan. To‘rtta xotinidan bir kam qirqta o‘g‘il ko‘rgan ekan. Bir kuni podshoh cho‘l-biyobonlarda kiyik ovlab yurganda bir qo‘rg‘onga borib qolibdi. “Yuragim kuydi, shu qo‘rg‘ondan bir kosa davomi…

Uchar gilam

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ilgari zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Ular uzoq vaqt farzandsiz umr kechirib, eri ellikka, xotini esa qirqqa kirganda bir o‘g‘il ko‘rishibdi. Er-u xotin o‘g‘ilni tarbiyalay boshlashibdi. Bola o‘sib ulg‘ayibdi. U maktab yoshiga davomi…

Badalqorachi

Bor ekanda yo‘q ekan, bir zamonda bir chol bobo bor ekan. Uning uch o‘g‘li bor ekan. Eng kichkina o‘g‘lining ismi Badalqorachi ekan. Boboning La’li nomli oti bor ekan. Bu biya har yili tug‘gan paytida, uning bolasini bir narsa kelib olib davomi…

O‘tinchi chol

O‘tgan zamonda sakson yashar bir o‘tinchi chol bor ekan. Daladan bir ko‘tarim o‘tin terib kelib, uni sotib, xotini bilan tirikchilik o‘tkazar ekan. Bir kuni o‘tinini sota olmasdan bozorga tashlab qaytib kelibdi. Chol eshikdan kirishi bilan, xotini:— Nima olib keldingiz? Kechadan davomi…

Duradgor bilan tikuvchi

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan. O‘tgan zamonda bir duradgor bilan bir tikuvchi bor ekan. Bularning ikkovi bir-birlari bilan do‘st ekanlar. Bir kuni tikuvchi nihoyatda yaxshi bir ko‘ylak tikibdi va o‘rtog‘i duradgor ustani chaqirib:— Bir ko‘ylak tikdim, ko‘rdingmi? davomi…

No‘xatvoy

Qadim zamonda bir boy bor ekan. Bu boyning bir korandasi bor ekan. Uning bolasi yo‘q ekan. Boyning zulmidan koranda uyiga ham borolmas ekan. Koranda qo‘sh haydayotganida xotini ovqat pishirib olib borar ekan. Bir kuni xotin ovqat pishirib turganda no‘xatday bola davomi…