Umar Sayfiddin. Ilk jinoyat (hikoya)

Men g‘urbat, alam ichida yashagan odamman. Bu qiyinchiliklar o‘zimni tanigan paytimdayoq boshlangan. O‘shanda to‘rt yoshga ham to‘lmagandim. Qilgan yomonligim tufayli vijdonim azobda ― yona boshlagan so‘ngsiz jahannam otashi ichida hamon qovurilaman. Meni tashvishga solgan bu hodisani hamon unutmadim. U xotiramda davomi…

Umar Sayfiddin. Qizil durli ko‘ylak (hikoya)

Katta gumbazli devonxona binosi har kungidan sokin, har kungidan salqin edi. Derazalardan kirgan bahorning moviy nurlari koshinlarning yashillikka burkangan teranligiga singib, ko‘zni olardi. Charchoqdan holsizlanib, ipak to‘shaklarga tiz cho‘kkan vazirlar ostlariga solingan gilamning rangin naqshu nigorlariga qarashar, uzun oppoq soqolini davomi…

Umar Sayfiddin. Forsa (hikoya)

O‘rta dengizning qahramonliklar makoni bo‘lmish so‘ngsiz ufqlariga qaragan kichik tepalik mo‘jazgina chamanzor edi. Ingichka uzun novdali bodom daraxtlarining olachalpoq soyasi sohilga engan so‘qmoqqa tushar, ko‘klamning mayin shabadalaridan sarxush chag‘alaylar savdoyi chuqur-chuqurlari bilan samoda shovqin solardi. Bodomzorning yoni keng uzumzor edi. davomi…

Umar Sayfiddin. Badal (hikoya)

Faqatgina tor eshigidan zo‘r-bazo‘r yorug‘lik kiradigan ustaxonada kechayu kunduz uchqunlar sachratib ishlaydigan Xo‘ja Ali inidan chiqmaydigan xonanishin arslonni eslatadi. U uzun bo‘yli, keng yelkali, pahlavon kelbatli odam. O‘n yillarki, ustaning mana shu nimqorong‘i do‘konida yasalgan qilichu tig‘lar Onado‘li va Rumeli davomi…

Yaroslav Gashek. Tog‘likning o‘limi (hikoya)

Mixael Pitala qamoqxonadan qochdi. Quyuq o‘rmonlar va bug‘doyzorlarda yashirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlashdi. Dehqonlar uning qornini to‘yg‘izishdi, yo‘l uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh berishdi. Kech tushdi. Oppoq ilonizi yo‘l tog‘ yonbag‘irlab buralib ketgan edi. Dovonda xoch turardi. Qochoq chang davomi…

Yunus Emro (1240-1320)

Yunus Emro (Yunus Emre) 13 asrda yashagan turk shoiri. Uning hayoti haqida ma’lumotlar juda kam bo‘lsa-da, she’rlari butun turk diyorlarida juda mashhur, oradan o‘tgan salkam yettiyuz yil mobaynida sharq xalqlarining eng suyukli shoirlaridan biriga aylandi. Ba’zi manbalardan va she’rlaridan uning davomi…

Oshiq Veysal Shatiro‘g‘li (1894-1973)

Turk xalq shoiri Oshiq Veysal (Âşık Veysel Şatıroğlu) Turkiyaning Sivas viloyatida 1894 yili tug‘ilgan. U ham shoir, ham bahshi, ham sozchi. Onado‘li ishq qo‘shiqlarini yangi usulda ijro etgan. Uning she’r va qo‘shiqlari ma’yus ohangda, tasavvufiy yo‘nalishdadir. Yetti yoshida chechak xastaligidan davomi…

Endryu E. Xant. Shukrona (hikoya)

Yaqindagina xayriya fondi tomonidan berilgan jun adyol uning yelkalarini yaxshilab yopar, bugun axlat chelagidan topgan poyafzali oyoqlarini umuman qismasdi. Sovuq tunning izg‘irinidan so‘ng ko‘cha chiroqlarining tafti uning qalbiga ajib iliqlik olib kirardi… Parkdagi burushiq o‘rindiqlar uning toliqqan beliga judayam tanish davomi…