Gulnoz Kutuyeva (1974)

Gulnoz Miratovna Kutuyeva (1974 yil 25 dekabrda Boshqirdistonning Abzelilov tumanida tug‘ilgan) — boshqird shoirasi, filolog, jurnalist. Filologiya fanlari nomzodi. 2013 yildan — «Boshqirdiston qizi» («Bashkortostan kыzы») jurnali bosh muharriri. Boshqirdiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi. 2006 yili adabiyot va san’at sohasida Shayxzoda davomi…

Murodiy – Sulton Murod II G‘oziy (1404-1451)

Sulton Murod II G‘oziy (1404, Amasya — 1451, Edirne) — Usmonlilar sulolasining 6-sultoni, Mehmed I Chalabiyning o‘g‘li. U adolatli va insofli hukmdor sifatida nom qoldirgan. Mavlaviy tariqatiga mansub bo‘lgan sulton Murodiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Yaxshigina xattot bo‘lgan. Uning hukmronlik davomi…

Abdurahim O‘tkir (1923-1995)

Abdurahim O‘tkir ئابدۇرېھىم ئۆتكۈر) 1923) yili Shinjonning Qumul shahrida tug‘ilgan. Yozuvchi Abdurahim O‘tkirning “Umr manzillari”, “Uyg‘ongan zamin” kabi kitoblari nashr etilgan. Uning “Qashqar kechasi” nomli dostoni Xitoyda o‘tkazilgan kam sonli millatlar adabiy tanlovida 1-o‘rinni egallagan. Abdurahim O‘tkir 1995 yili Urumchida davomi…

Baurjon Qarag‘izo‘g‘li (1982)

Baurjon Qarag‘izo‘g‘li (Bauыrjan Qarag‘ыzұlы) 1982 yil 17 oktyabrda tug‘ilgan. YuNESKOning xalqaro “Ilhom” yoshlar festivalining laureati va Gran-pri sohibi. Seydulla Boyterekov nomidagi mukofot sohibi, Qozog‘iston Musulmonlari idorasining diniy she’rlar musobaqasining ikki marta g‘olibi. «Jұmbaqtasqa jaug‘an kүz», «Өң.Men.Tүs.» she’riy kitoblari muallifi. TUPROQ davomi…

Sayat Qamchigar (1978)

Sayat Qamchigar (Sayat Qamshыger) 1978 yil 1 mayda Qozog‘istonning Semey viloyati, Shar tumanida tug‘ilgan. Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetini tamomlagan (1999). Almati shahrida yashaydi. Qozog‘iston yozuvchilar uyushmasining a’zosi. “Serper” yoshlar mukofoti laureati. “Sariq gul” («Sarы gүl»), “Yurakdagi oqishlar” («Jүrektegі davomi…

Muhibbiy – Sulton Sulaymon Qonuniy (1494-1566)

Sulton Sulaymon Buyuk (Muhibbî – Sultan Süleyman-ı Evvel) — turk sultoni (1520—66). Uning davrida Usmonli turk imperiyasi hududiy jihatdan o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga yetgan. 1521 yili Belgrad zabt etilgan, Moxach jangi (1526)dan so‘ng Vengriyaning katta qismi, 30-yillarda Iroq, Rodos oroli davomi…

Oltinbek Ismoilov (1982)

Oltinbek Ismoilov (Altыnbek Ismailov) 1982 yil 1 yanvarda Qirg‘izistonning O‘zgan tumani Ko‘lduk ovulida tug‘ilgan. Bishkekdagi Qirg‘iz-Turk Manas universitetining turkologiya fakultetini bitirgan (2005). Qirg‘iziston yozuvchilar uyushmasi a’zosi (2006). Yevrosiyo yozuvchilar uyushmasining Qirg‘izistondagi vakili (2007). Joldoshbay Abdыkalыkov nomidagi Qirg‘iziston adabiy mukofotining laureati davomi…

Ismoil Beytuganov (1999)

Beytuganov Ismoil Rasulovich 1999 yili Kabardino-Balkariya Respublikasining Chegem tumanida tug‘ilgan. U Kabardino-Balkariya teleradiokanalida “Bolqor tilidagi bolalar adabiyoti” loyihasini boshqaradi. Kozim Mechiyev fondi adabiyot klubi rahbari. 16 yoshidayoq “Qadamlar” she’riy to‘plami chop etilgan. Uning she’rlari bolqor va rus tillarida respublika nashrlarida davomi…