Zohid Xalil (1942)

Zohid Xalil (Zahid Abdulla oğlu Xəlil) 1942 yilda Yevlax shahrida tug‘ilgan. 1959—1965 yillarda Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Yevlax shahar madaniyat uyida mudir, “G‘alaba” tumanlararo gazetada adabiy xodim, “Tashabbus” tuman gazetasida mas’ul kotib, universitetning “Yosh muallim” gazetasi muharriri, davomi…

Iso Ismoyilzoda (1941-1997)

Shoir, tarjimon, publitsist Iso Ismoyilzoda Mustafo o‘g‘li (İsa Mustafa oğlu İsmayılzadə) 1941 yilda Gruziyaning Qorayazi (hozirgi Qardabani) tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 1958 yilda Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetiga kirib, uni 1963 yilda tamomlagan. O‘rta maktabda muallim, Davlat Televideniye va davomi…

Firuza Mammadli (1940)

Firuza Mammadli (Firuzə Məmmədli) 1940 yilda Xochmaz tumanining Janaxir qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni tugatgach, Quba shahar tibbiyot maktabida tahsil olgan (1963). Ozarbayjon Pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan (1964— 1968). So‘ngra Naxichevan avtonom respublikasining davomi…

Ramiz Mammadzoda (1937-2017)

Mammadov Ramiz Yoqub o‘g‘li (Ramiz Məmmədzadə) 1937 yilda Ag‘dam shahrida tug‘ilgan. 1958 yilda Boku temiryo‘l maktabini tamomlab, Ozarbayjon Pedagogika institutida tahsilini davom ettirgan. Apsheron tumanida maktab o‘qituvchisi, yoshlar va jamoat tashkilotlarida, Siyosiy maorif uyida turli vazifalarda ishlagan. 1993 yildan Ozarbayjon davomi…

Muso Yoqub (1937-2021)

Muso Yoqub (Musa Yaqub) 1937 yilning 10 mayida Ismoyilli tumanining Buynuz qishlog‘ida tug‘ilgan. Ko‘kchoy pedogogika bilim yurtini tugatgach, Tirjon qishloq maktabida o‘qituvchi (1957-1958), Buynuz qishloq boshlang‘ich maktabida ilmiy mudir (1958-1967) bo‘lib ishladi. Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetini sirtdan o‘qib tugatgan davomi…

Qachay Ko‘charli (1936-2015)

Shirinov Qachay Farmon o‘g‘li (Qaçay Köçərli) 1936 yilda Tartar tumanining Ko‘charli qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, armiya safida xizmat qilgan, keyin neft konida operator, chilangar bo‘lib ishlagan. 1966 yilda Politexnika institutini, 1976 yilda universitetning filologiya fakultetini sirtdan bitirgan. Texnika maktabida davomi…

Ibrohim Go‘ychoyli (1936-2007)

Xizmat ko‘rsatgan san’at xodimi. Ibrohim Go‘ychoyli (İbrahim Göyçaylı) 1936 yil 12 noyabrda Go‘ychoy tumanining Alikent qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni 1953 yilda tamomlagach, Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetiga kirgan va uni 1958 yilda tamomlagan. Ozarbayjon Davlat nashriyotida muharrir, “Madaniy tijorat” gazetasi davomi…

Maston Guner (1935-2006)

Aliyev Maston Rasul o‘g‘li – Maston Guner (Məstan Günər) 1935 yilda Tovuz tumanining Asrik-Jirdaxan qishlog‘ida tug‘ilgan. 1957 yilda Ozarbayjon Pedagogika institutini tamomlagan. Respublika matbuotida ilk she’rlari 1955 yilda chop etilgan. Ozarbayjon teleradioqo‘mitasida xodim, muharrir, bo‘lim mudiri, Bosh muharrir bo‘lgan. Keyin davomi…

Fikrat Qo‘ja (1935-2021)

Qo‘jayev Fikrat Go‘yush o‘g‘li (Fikrət Qoca) 1935 yilda Ag‘dash tumanining Kotanarx qishlog‘ida tug‘ilgan. Ozarbayjon xalq shoiri, xizmat ko‘rsatgan san’at xodimi. 1964 yilda Moskvadagi Gorkiy nomli Adabiyot institutini bitirgan. “Ozarbayjon yoshlari” gazetasi va “Ozarbayjon” jurnalida ishlagan. Bir qator poemalar va qissalar, davomi…

Jobir Navro‘z (1933-2002)

Jobir Mirzayev o‘g‘li Navro‘zov (Cabir Novruz) XX asr Ozarbayjon adabiyotining taniqdi namoyandasi. Ozarbayjon xalq shoiri. Xizi tumanining Upa qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlaganidan so‘ng, pedagogika texnikumida o‘qigan, 1952 yilda Ozarbayjon Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga kirgan, bir yildan so‘ng Moskvadagi Adabiyot davomi…