Ali Karim (1931-1969)

Ali Karim (Əli Kərim) 1931 yil 22 martda Ko‘kchoy shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirgach, Ozarboyjon Davlat injasan’at institutining teatrshunoslik fakultetida uch yil tahsil olgan (1949—1951). So‘ngra Moskvadagi M. Gorkiy nomli adabiyot institutiga o‘qishga yuborilgan va uni imtiyozli diplom davomi…

Madina Gulgun (1926-1992)

Madina Gulgun (Mədinə Gülgün) Bokuda tug‘ilgan. Ozarboyjonda xizmat ko‘rsatgan san’at xodimi. 1938 yilda uning oilasi Janubiy Ozarboyjonning Ardabil shahriga ko‘chgan, keyin Tabrizda yashagan. Bo‘lg‘usi shoira Tabriz drama teatrida, “Ozarboyjon” gazetasida ishlagan. Ozarboyjon Pedagogika institutini bitirgan. Ilk she’rlari Tabrizda ekanida gazetalarda davomi…

Baxtiyor Vahobzoda (1925-2008)

Ozarboyjon xalq shoiri, taniqli olim Baxtiyor Vahobzoda (Bəxtiyar Mahmud oğlu Vahabzadə) 1925 yil 16 avgustda Ozarboyjonning Sheki shahrida tug‘ilgan. Boku Davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. Samad Vurg‘unning ijodiy faoliyati tahliliga bag‘ishlangan nomzodlik ishini 1951 yilda, doktorlik ilmiy ishini esa 1964 davomi…

Bolosh Ozaro‘g‘li (1921-2011)

Abizoda Bolosh Alloh Bahish o‘g‘li (Balaş Azəroğlu) Ozarboyjon xalq shoiri. 1938 yilda oilasi bilan Janubiy Ozarboyjon(Eron)ning Ardabil shahriga ko‘chib ketadi. U yerda fors boshlang‘ich maktabida tahsil oladi. Milliy ozodlik harakatiga (1941) qo‘shiladi. Eron xalq partiyasiga (1942) kirdi. “Ozarboyjon antifashist jamiyati” davomi…

Rasul Rizo (1910-1981)

Ozarboyjon xalq shoiri Rasul Ibrohim o‘g‘li Rizayev (Rəsul Rza) Go‘ychoy tumanida tug‘ilgan. 1927—1937 yillarda Zakavkaze universitetida, Moskva Millatlar institutida o‘qigan. Ozarboyjon Yozuvchilar uyushmasi raisi, Ozarboyjon Kinematografiya qo‘mitasi raisi, Ozarboyjon Entsiklopediyasi Bosh muharriri, Xabar agentligi raisi bo‘lib ishlagan. 1981 yilda Bokuda davomi…

Mammad Rahim (1907-1977)

Husaynov Mammad Abbos o‘g‘li (Məmməd Rahim) Ozarboyjon xalq shoiri, xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Arman istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Bokuda baqqol oilasida tug‘ilgan. Ozarboyjon pedagogika institutining sharqshunoslik fakultetini bitirgan. Ilk she’riy kitobi “Orzular” (1930) bosilgan. Yozuvchilar uyushmasida (1938— 1940), mudofaa davomi…

Sulaymon Rustam (1906-1989)

Ozarboyjon xalq shoiri Rustamzoda Sulaymon Aliabbos o‘g‘li (Süleyman Rüstəm) No‘vxoni qishlog‘ida temirchi oilasida tug‘ilgan. 1928 yili Ozarboyjon Davlat universitetining sharq fakultetiga kirgan, so‘ngra 1929 yilda Moskva Davlat universitetining adabiyot va san’at fakultetiga o‘tkazilgan. Ozarboyjon Davlat akademik drama teatri direktori, “Adabiyot davomi…

Qosim Qosimzoda (1933-1993)

Taniqli shoir va adabiyotshunos olim Qosim Qosimzoda Xonsuvor o‘g‘li (Qasım Qasımzadə) Kubadlidagi Xo‘jamsaxli qishlog‘ida tug‘ilgan. Bokuda universitetni bitirgach, adabiy-ijtimoiy gazeta va jurnallarda, Adabiyot institutida ishlagan, “Adabiyot va injasan’at” gazetasining Bosh muharriri bo‘lgan. She’riy va ilmiy asarlari bilan zamonaviy adabiyotning rivojiga davomi…

Muhammad Hodiy (1879-1920)

Muhammad Hodiy (Məhəmməd Hadi) XX asr boshlaridagi eng kuchli shoirlardan biri. Uning ijodida Sharq va G‘arb madaniyatining, she’riyatining eng yuksak an’analari, yangiliklari mujassamlashgandir. Hodiy 1879 yilda Shamaxida, savdogar oilasida tug‘ilgan. Maktab tahsili davridayoq arab, fors, rus tillarini yaxshi o‘rgangan. Shoir davomi…