Ahmad Javod (1892-1937)

Ahmad Javod (Əhməd Cavad) Ozarboyjonning atoqli shoirlaridan. Ganja yaqinidagi Sayfali qishlog‘ida, ziyoli oilada tug‘ilgan. Arab, fors, rus tillarini o‘rgangan. Madrasani bitirgach, Istanbulga ketadi. 1912 yilda Bolqon urushida, Qafqaz ko‘ngillilari qo‘shini safida Trakya jabhasida janglarda qatnashadi. Keyin Ganjaga qaytadi, Botumida o‘qituvchilik davomi…

Imodiddin Nasimiy (1370-1417)

Sayyid Imodiddin Nasimiy (عمادالدین نسیمی; İmadəddin Nəsimi) Ozarbayjonning Shirvon viloyati Shamohi shahrida tug‘ilgan. Asli ismi — Ali, laqabi — Imodiddin. U o‘z davriga nisbatan mukammal tahsil ko‘rgan: fors, arab tillari va adabiyotini chuqur o‘rgangan. Bundan tashqari, mshggiq, riyoziyot, tabiat va davomi…

Mahsatiy Ganjaviy (1098 – XII asr)

Mahsatiy Ganjaviy (مهستی گنجوی – 1098 – XII asr o‘rtalari) – fors shoirasi. Musulmon she’riyatining yoqin namoyondalaridan biri. Mahsatiy (“Moh asti” – “Oysan” degani) fazlu kamol sohibasi bo‘lib, tarixiy manbalar uning ilmparvar xonadonda tug‘ilgani, mukammal tahsil ko‘rgani, iste’dodli ruboiynavis bo‘lib davomi…

Nigor Rafibeyli (1913-1981)

Ozarboyjon xalq shoiri Nigor Rafibeyli (Nigar Rəfibəyli) 1913 yilda Ganja shahrida tug‘ilgan. Boku pedagogika texnikumini, keyin Moskva Pedagogika institutini bitirgan. Boku kinostudiyasida, “Ozarnashr”, “Ushoqganchnashr” nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlagan. Shoira va tarjimon. Ilk she’ri “Chodra” 1928 yilda, birinchi she’riy to‘plami 1934 davomi…

Mammad Oraz (1933-2004)

Mammad Oraz (Məmməd Araz) 1993 yil 14 oktyabrda Shahbuz tumanining Nursu qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni bitirgach, Ozarboyjon Pedagogika institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1954 yilda o‘z qishlog‘idagi muallimlikdan boshlagan. So‘ng Bokuga ko‘chib kelib, Ozarboyjon Ministrlar Soveti huzuridagi Bosh davomi…

Narimon Hasanzoda (1931)

Narimon Alimammad o‘g‘li Hasanzoda (Nəriman Həsənzadə) 1931 yilda Ozarboyjonning Qazax tumanida tug‘ilgan. 1949—1953 yillarda H.Zardobi nomli Ganja Davlat pedagogika institutining til va adabiyot fakultetida tahsil olgan. So‘ng Moskvada Adabiyot institutida tahsilini oxiriga yetkazgan. 1965 yilda filologiya fanlari nomzodi bo‘ldi. 1978—1991 davomi…

Xalil Rizo (1932-1994)

Xalil Rizo Uluturk (Xəlil Rza Ulutürk) Ozarboyjon xalq shoiri, atoqli millatparvar shoir, mohir tarjimon, Ozarboyjon-o‘zbsk adabiy aloqalariga ulkan hissa qo‘shgan olim. Salyan tumanida tug‘ilgan, o‘rta maktabni, so‘ngra Boku Davlat universiteti filologiya fakultetini bitirgan (1954). Matbuotda ishlagan, Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti davomi…

Voqif Samado‘g‘li (1939-2015)

Ozarboyjon xalq shoiri Voqif Samad o‘g‘li (Vaqif Səmədoğlu) 1939 yilda Boku shahrida tug‘ilgan. Taniqli Ozarboyjon shoiri Samad Vurg‘unning o‘g‘li. Moskva konservatoriyasida tahsil olgan. 1961— 1971 yillarda Ozarboyjon davlat konservatoriyasida fortapiano fanidan dars bergan, so‘ng Ozarboyjon Entsiklopediyasida bo‘lim mudiri, “Ozarboyjonfilm” kinostudiyasida davomi…

Samad Vurg‘un (1906-1956)

Samad Vurg‘un (taxallusi; asl ism-sharifi Samad Yusuf o‘g‘li Vekilov – Səməd Vurğun) (1906.12.5, Yuxari Salaxli qishlog‘i — 1956.27.5, Boku) — ozarbayjon shoiri, dramaturg va jamoat arbobi. Ozarbayjon xalq shoiri (1955), Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1943). Ozarbayjon Fanlar akademiyasi akademigi. davomi…

Rustam Behrudiy (1957)

Almammadov Rustam Hidoyat o‘g‘li (Rüstəm Behrudi) 1957 yilda O‘rdubod tumanining Behrud qishlog‘ida tug‘ilgan. 1979 yilda Naxchivon davlat pedagogika institutining tarix-adabiyot fakultetini tamomlagan. Oldin maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, keyin “Yozuvchi” nashriyotida kichik muharrir, muharrir bo‘lgan, 1990 yildan “Ozarboyjon” gazetasida bo‘lim mudiri. davomi…