Hamid Xerischi (1961)

Hamid Xerischi (Həmid Herisçi) 1961 yilda tug‘ilgan. Boku Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tamomlagan. “Nekrolog” postmodern romani va turkum she’rlari bilan tanilgan. SPACE TV muharriri bo‘lib ishlaydi. Yangi adabiy oqim yetakchilaridan biri. 1995 YIL. ZINDON. TUN. TERGOVChI MENI SO‘ROQ QILADI. UMIDIM davomi…

Rasim Garaja (1960)

Rasim Garaja (Rasim Qaraca) 1960 yili tug‘ilgan. Boku Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Yangi adabiy harakat namoyandasi. Uning “O‘limga baxshida quyosh” nomli she’riy to‘plami e’lon qilingan. BUYuMLAR Bosh chanoq Yuk mashinasin chiroqlari nurida Ko‘zga tashlanadi qabr toshlari. Gulxandan ko‘tariluvchi tutunga davomi…

Adolat Askaro‘g‘li (1957-2013)

Adolat Askaro‘g‘li (Ədalət Əsgəroğlu) 1957 yilda tug‘ilgan. Hozirgi zamon ozarbayjon she’riyatining iste’dodli vakillaridan biri. Olti kitobi chop etilgan. “Ertasini yo‘qotmagan odamlar” (2003) kitobi adabiy tanqidchilik e’tiborini tortdi va mukofotga sazovor bo‘ldi. * * * Biz keksayib qoldik, ilohim, juda keksaydik!.. davomi…

Odil Mirsayid (1956)

Odil Mirsayid (Adil Mirseyid oğlu Baxışov) 1956 yilda tug‘ilgan. Shoir va rassom, Ozarbayjon modern she’riyatining taniqli namoyandalaridan biri. “Ko‘zgudagi odam”, “Bulut odam”, “Qo‘shiq odam” she’riy kitoblarining muallifidir. * * * Bir kecha uyg‘ondim tun, yomg‘ir chak-chak, Bilmadim qaydaman, kimman, nimaman? davomi…

Akbar Qo‘shali (1973)

Akbar Qo‘shali (Əkbər Qoşalı) 1973 yilda tug‘ilgan. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1998). “O‘limlar narisi” nomli she’r kitobi mashhur. Qozog‘istonda nashr qilinadigan “Oqin” jurnalining Ozarbayjondagi vakili. “Yoshlar mukofoti” va Shaxmar Akbarzoda nomidagi Xalqaro mukofot sohibi. KEChMADIM Harom chiqdi yo‘limdan, Halolimdan kechmadim. davomi…

Rasmiya Sobir (1973)

Rasmiya Sobir (Rəsmiyyə Sabir) 1973 yilda Masalli tumanining Erkivan qishlog‘ida tug‘ilgan. Inshoot muhandislari universitetida iqtisodchi-muhandislik ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olgan. Hozirda Ozarbayjon Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot universitetida ilmiy xodim. Rasmiya Sobir Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Qamalgan sukunat” “Rangsiz ko‘z yoshlar”, “Unutding meni”, davomi…

Salim Bobulloo‘g‘li (1972)

Salim Bobullo o‘g‘li (Səlim Babullaoğlu Səlimov) hozirgi Ozarbayjon modern she’riyatining yorqin vakillaridan biri, shoir, tarjimon va essenavis. U 1972 yil 10 dekabrda Shirvon shahrida tug‘ilgan. Ko‘plab she’r va hikoyalar muallifi. «Tanho» (Baku, 1996), «Iyunda kuylangan qo‘shiqlar» (Istanbul, 2006), «Yurakka bag‘ishlov» davomi…

Tohir Toiso‘g‘li (1950)

Tohir Tois o‘g‘li (Tahir Taisoğlu) 1950 yilda Shamaxi shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Shamaxi qand zavodida ishlay boshlagan. 1969 yilda birinchi she’ri “Adabiyot va injasan’at” gazetasida bosilgan. 1983 yilda Moskvadagi Adabiyot institutini tamomlagan. Ozarbayjon teleradiosining muxbiri, “Qishloq hayoti” jurnali muharriri davomi…