Kim Yen-Nan (1903-1950)

PIONGULLAR YaShNAB TURARKAN Men mudom o‘z bahorimni kutib yashayman, Biroq piongullar xazon bo‘lgan kun Chulg‘anaman g‘am-g‘ussalarga, Bahor ham jim, mung‘ayib qolar. May kunlarin birida, dimiqqan kunda Yerga tushsa qovjiragan birorta gulbarg, Birdan yo‘qoladi piongullar dengizi. Mening qalbimda so‘nar junbush zavq. davomi…

Cho Nam-Son (1890-1957)

DENGIZ VA O‘G‘LONLAR G‘alayonli to‘lqinlarim, to‘fonim-la men Sindiraman va yiqaman hamma narsani. Nima menga — tog‘ haybatli yuksak maqbara, Nima menga — cho‘ng qoyalar metin, nuramas, Siz bilmaysiz qudratimni, jazavamni, o, Sindiraman va yiqaman hamma narsani Tug‘yonlarim, na’ralarim, dag‘dag‘am bilan! davomi…

Sobit Madaliyev. Shu tuproq oldida javobgarman (1990)

Farg‘ona fojialaridan keyin, garchi oylar o‘tgan bo‘lsa-da, biroq hali xarobalar kuli tamomila sovigani yo‘q. Hali hamon goho tinch, osuda damlarda shahid ketgan o‘g‘illar, aka va otalarning juvonmarg yodini, gohida esa ikki birday xalqni birlashtirgan aziz va yorug‘ xotiralarni esga soluvchi davomi…