Ahmad A’zam. Vatan haqida yozishga kuchim yetmagan she’rim (novella)

Eski shaharning eski bir hovlisida turaman.Do‘ppidek hovlicha, yozuv-chizuvim bilan unga sig‘may, tepaga – boloxonaga chiqib olganman; derazadan faqat tomlar, tomlar orasidan boshini chiqargan daraxtlaru onda-sonda uchib o‘tgan qushlar ko‘rinadi; oftob nuri to‘g‘ri men yozadigan qog‘ozlarga tushadi, ko‘zimni qamashtiradi; shovqin yo‘q, davomi…

Ahmad A’zam. Bir kam dunyo (novella)

Ketyapman. Tepamda ko‘p-ko‘k osmon. Qarshimda kirmizi quyosh, botaymi, botmaymi deb, daraxtlarning shoxiga omonat qo‘ngan. G‘ir-g‘ir shabada. Asfalt yo‘lka top-toza, shinam. G‘ivirlab yurgak chumchuklar men yaqinlashganda dik-dik qochadi. O‘rindiqda yigit bilan qiz huzur qilib o‘pishmokda. “Eru xotin — qo‘sh ho‘kiz”, degan davomi…

Ahmad A’zam. Tiqin (hikoya)

Rahmsiz olomon, sizga ne kerak?Rauf PARFI Odam — ijtimoiy mavjudot, qadim-qadim zamonlarda hayvonlarni ko‘plashib ovlagan vaqtlaridan beri kelayotgan ko‘nikma uni doim o‘zini to‘daga urishga, ko‘pchilik bilan, ko‘pchilik ichida bo‘lishga undaydi. U yolg‘iz qololmaydi, yolg‘izlikning o‘zi ham ko‘pchilik  orasida ma’nili, ko‘plikka davomi…

Anvar Namozov. Azal kotiblari (qissa)

1 Xoliyor ustiga choyshab yopilgan oyoqlarini qimirlatdi. Tep-tekis solingan choyshab tagida ular karavotning narigi uchigacha qimirlashi kerak edi-ku… Endi oyoqlarining, to‘g‘rirog‘i, oyog‘ining panjalari beshta, tovoni bitta. Endi hatto tizzasi ham bitta. Oyog‘i esa bir yarimta, undan ham kamroq.Endi u chopib-chopib, davomi…