Sultonmurod Olim. Mavlonolar mavlonosi

Hech bir xalq hayotini milliy she’riyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu el vakillari orasida yod olinib, maqol yanglig‘ mashhur bo‘lib ketgan bayt yo misralar bo‘ladi. Lekin asli boshqa lisondagi biror satr yo qo‘shmisra o‘zga tilda shuhrat tutib ketishi uchun u, birinchidan, davomi…

Pirimqul Qodirov. Ma’naviyat, modernizm va absurd

Gapni insonga xos ma’naviy izlanishlardan boshlaylik. Geologlar tog‘u cho‘llarni kezib qadri past, arzimas narsalarni emas, qadri baland, qimmatbaho narsalarni izlashadi. Shunga o‘xshab, insondagi ma’naviy izlanishlar ham unga aziz tuyuladigan, ruhiy ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlarga qaratiladi.Butun tabiat quyosh nuri bilan tirik. Ammo davomi…

Nurboy Abdulhakim. To‘rt ariqning sharbati nadur?

Biz Qul Xo‘ja Ahmad hikmatlari mohiyatidan xabardormiz, deya olamizmi? O‘qilishidan sodda, tushunarliday ko‘ringan bu hikmatlar aslida “ma’niyi Qur’on” (shayxning o‘z e’tirofi) ekanligini bilamizmi? Mana ulug‘ pirimiz hikmatlaridan biri: Tavba qilib, Haqqa yong‘on oshiqlarga Jannat ichra to‘rt ariqda sharbati bor. Tavba davomi…

Vadud Mahmud (1898-1976)

Vadud Mahmud 1898 yilda Samarqand okrugining Yuqori Darg‘am tumaniga qarashli Tayloq qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi Mahmud Pirmuhammad imom bo‘lgan (1905 yili vafot etgan). Onasi Anbara (1934 yili vafot etgan) esa uyda bolalari tarbiyasi bilan shug‘ullangan. V. Mahmud dastlab Samarqandda Abduqodir davomi…