Aqlsizdan nodon maslahat olar

Kunlardan bir kuni Eshchonboyning jo‘xorisiga Matchonboyning tuyasi kiribdi. O‘sha zamonlarda anchayin gapga ham qozining oldiga boraverishar ekan. Tuyani uch kishi tutib turibdi, bir kishi qozining oddiga borib:— Qani, qozi buva, Eshchonboyning jo‘xorisiga Matchonboyning tuyasi kiribdi, haydab chyqaylik desak, jo‘xorini bosqilab davomi…

Dangasalar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni podshoga, “qishloqning chekka joyida uchta dangasa ochlikdan o‘lay deb yotishsa ham, mehnat qilishni sira ham istamas ekanlar”, degan xabarni yetkazishibdi.Podsho odamlariga o‘sha uch dangasani olib kelishni buyuribdi, eng davomi…

Shirin uyqu

Bir odamning uchta o‘g‘li bor ekan. Shu odam o‘layotganida bolalariga: “Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng”, deb vasiyat qilib o‘libdi. Bu gapni ikkita katta o‘g‘li bir xil tushunibdi, kichik o‘g‘li esa undan boshqacha tushunibdi.Ikkita katta akasi yerlarga suv davomi…

Har kimning mehnati o‘ziga shirin

Bir ota-onaning yakka-yu yagona o‘g‘li bo‘lgan ekan. Bola ota-onasining tarbiyasida katta bo‘libdi. Bola voyaga yetgach, otasi o‘g‘lini chaqirib:— O‘g‘lim, endi katta yigit bo‘lib qolding, biror hunar o‘rgangin, xor bo‘lmaysan, — debdi. Bola:— Xo‘p, — debdi.Ertasi ishga ketayotganida uni onasi to‘xtatib:— davomi…

Noshud chol

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning farzandi yo‘q ekan. Juda kambag‘al yashashar ekan. Bir kuni ikkovlari juda och qolishibdi, yeyishga hech nimalari qolmabdi. Shunda kampir cholni koyib:— Hoy chol, uyda o‘tiraverasizmi, davomi…

Kiyik bilan kadi

Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bir kiyik bor ekan. U kiyikning tog‘ kamarida uyasi bor ekan. Uyasining yonida bir terak bor ekan. Bir odam kelib shu terakka kadi osib qo‘yibdi. Kadi shamoldan kunin taraqlab, tunin taraqlab turar davomi…

Qarg‘a bilan qo‘zi

Bor ekan, yo‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, g‘oz karnaychi ekan, tovuq taq etdi, bilmadim qaqqa ketdi.Bir qarg‘a bilan qo‘zi bor ekan. Qarg‘a qo‘zi yoniga borib:— Seni yeyman, — davomi…

Hiylagar bedana

Bor ekanda yo‘q ekan, bitta zag‘izg‘on bo‘lgan ekan. U bir tup do‘lananing tepasiga in qo‘yibdi va beshta bola ochibdi. Bolalari endi uchirma qilishga yaqinlashgan kunlarda undan bir och tulki xabardor bo‘lib qolibdi. Tulki zag‘izg‘onga do‘q qilib, bolalarini yeyish payiga tushibdi. davomi…

Susambil

Bor ekan-u yo‘q ekan, och ekan-u to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, g‘oz karnaychi ekan.O‘tgan zamonda bir boy bor ekan. Uning eshagi va bir ho‘kizi bor ekan. Uning yeri davomi…

Laylak bilan tulki

Laylak bilan tulki do‘st bo‘lgan ekan. Qimmatchilik vaqti kelib, ikkisi bola-chaqasi bilan och qolibdi. Bir kun laylak tulkiga:— Tulkiboy, sen uyga qarab o‘tir. Men uchib borib o‘zimizga va bolalarimizga ovqat topib kelay, — debdi.Tulki rozi bo‘lib, uyda bolalarga qarab qolibdi. davomi…