Ikki donishmand

Kunlardan bir sovuq kunda bir podsho bir donishmand chol bilan yo‘lda ketayotsa, bir kishi yer haydayotgan ekan. Shunda donishmand chol haligi kishiga:— To‘qqizni uchga bermabsiz-da, inim, — debdi. Haligi kishi esa:— To‘qqizni uchga beray desam, o‘ttiz oltilikdan ortmayapti-da, — debdi.Podsho davomi…

Qaysi yerda chivin yo‘q

Burungi zamonda Husayn Boyqaro degan podsho yashagan ekan. U vaziri Sheraliga:— Qaysi yerda chivin bo‘lmaydi? — deb savol beribdi. Sherali o‘ylanmasdan:— Odam yo‘q yerda chivin bo‘lmaydi, — deb javob beribdi.Shunday qilib, bular ikkisi otga minib, odam yo‘q yerlarni qidirib ketishibdi. davomi…

Bajarib bo‘lmaydigan buyruq

Bir podsho vazirini chaqirib, buyuribdi:— Bir imorat qurdirgin. Imoratning tepasi osmonga, tagi yerga tegmasin.Vazir:— Xo‘p, mayli. Men aytganlaringizni bajaraman. Lekin siz ham qovoqqa o‘xshagan yo‘l-yo‘l ochiq savat to‘qiting. Men ishlayotgan joyga shu savatda suyuq osh solib olib borishsin, — debdi.Shunda davomi…

Donishmand yigit

Qadim zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Podsho hukm chiqarishda gunohkor va gunohsizlarni chek tashlash yo‘li bilan aniqlar ekan. Gunohkor deb topilgan odamni podsho o‘z oldiga chaqirib bir qutini ko‘rsatar ekan. Uning ichida ikkita qog‘ozga, biriga “o‘lim”, ikkinchisiga esa “ozodlik” degan davomi…

Aka-uka

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir aka-uka bor ekan. Akasi kunda ertalab chiqib ketib, kechqurun qaytar ekan. Ukasi uyda qolar ekan.Bir kuni akasi kechqurun kelganida ukasi:— Aka, siz har kuni erta ketib, kech qaytasiz. Ertaga o‘zingiz bilan davomi…

Dono dehqon

Kunlardan bir kuni bir kambag‘al dehqon boyga g‘oz olib kelib, evaziga bir oz javdar so‘rabdi. Boy unga:— Sen bilan yetti kishimiz: men, xotinim, ikki o‘g‘lim, ikki qizim. Hammamizga shu g‘ozni bo‘lib bergin,— debdi.Shunda dehqon o‘ylab turib:— Siz shu uyning boshlig‘isiz, davomi…

Ilm afzal

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda, Buxorodan uzoqda, Urganch cho‘li etagida, Qalayi Mirishkor degan qishloqda bir qariya yashagan ekan. Chol “o‘zim omiligimcha qoldim, qani endi o‘g‘illarim o‘qib odam bo‘lsa”, deb orzu qilar ekan. Boboning sakkiz o‘g‘li va bir davomi…

Hunarliga o‘lim yo‘q

Burungi zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni podsho bir kambag‘alning qizini olmoqchi bo‘lib, sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib, podshoning so‘zini qizga aytishibdi. Kambag‘alning qizi sovchilarga:— Podshoga borib aytinglar, olmoqchi bo‘lsa, men ham roziman. Lekin podsho bir hunar bilsagina tegaman, agar davomi…

Dangasa chol

Burungi zamonda bir chol bilan kampir bo‘lgan ekan. Ularning birgina sigirlari bor ekan. Shu sigirga yem-xashak solish, suv berishga chol-kampir juda erinar ekanlar.Bir kuni chol-kampir bu ishni bir-birlariga buyurib, sansalor qilib, aytishib qolishibdi. Shundan keyin ular, “kim birinchi bo‘lib so‘zlasa, davomi…

Noqulay maslahatchi

Qadim zamonda Noqulay maslahatchi degan bir kishi bo‘lgan ekan. Xalq orasida kimning boshiga mushkul ish tushsa, shu kishini chaqirtirib kelib maslahat so‘rar, uning bergan maslahati bilan ish qilar ekan. Bir kishining jinbir shoxli ho‘kizi bor ekan. Shu ho‘kiz bir kuni davomi…