Ota vasiyati

Bor ekan-da, yo‘q ekan, qadim zamonda bir kambag‘al dehqon o‘tgan ekan. Uning hovlisida bir tup toki bor ekan, shu tokdan olgan hosilni sotib qishin-yozin tirikchilik qilar ekan. Bir kun dehqon betob bo‘lib yotib qolibdi. Shunda u yolg‘iz o‘g‘lini yoniga chaqirib davomi…

Tan-sihatlik — tuman boylik

O‘tgan zamonda bir qashshoq donishmand cholning oldiga kelib:— Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo‘q, juda qiynaldim, nima qilishimni bilmay qoldim. Endi qayerga borib dod desam ekan? — debdi. Chol:— Sen kambag‘almisan? — desa, u:— Ha, bola-chaqalarim va o‘zim ochman, kiyim-kechagimiz davomi…

Er-xotin va o‘g‘rilar

Bir kuni kechasi er-xotin choy ichib o‘tirishgan ekan, o‘g‘rilar tomda dupurlab yurib qolishibdi. Buni sezgan uy egasi, xotiniga:— Choyni shopir, Shomurodga ber, to‘rdagi to‘rttoviga ber, adandagi oltisiga ber, o‘zing ichib menga ber, uxlab yotganlar baloni ichsin! —debdi.Buni eshitib o‘g‘rilar: «Odam davomi…

Lopchi

Toshkentda bir lopchi bor ekan. U o‘zini birdan-bir lopchi deb bilar ekan. U bir kuni Qo‘qonda ham bir katta lopchi borligini eshitibdi. Uni mot qilib kelish uchun Qo‘qonga jo‘nabdi. Qo‘qonga borgach, lopchining uyini qidirib topibdi. Eshikni taqillatibdi. Lopchi uyida yo‘q davomi…

Etti ahmoq

Bir kuni yetti ahmoq bozorga o‘ynagani chiqishibdi. Yurib-yurib qornilari ochibdi. Ular pul yig‘ishib yettita xurmacha qatiq va yettita non olishibdi. Endi olgan narsalarini yeyish uchun joy izlashib, bir chekkaga o‘tishibdi. Ular atrofga qarasalar, qo‘llarini yuvish uchun suv ko‘rinmabdi. Shunda ularning davomi…

Ikki ahmoq

Bir otliq kishi machitning oldidan o‘tib ketayotib, o‘tirgan ikki kishiga salom beribdi. Ikkalasi birdan alik olibdi. Otliq ketgandan keyin ikkala o‘tirgan talashibdi.Biri: «Nega sen alik olding? U salomni menga berdi-ku», deganda ikkinchisi turib: «yo‘q, u salomni menga berdi», debdi.Shu yerda davomi…

Arab laqqi

Qadim zamonlarda Buxoroning bir podshohi bo‘lib, uning molu dunyosi ko‘p ekan. Farzandlari ham ancha ekan. Podsho kayfu safoni, o‘yin-kulgini yaxshi ko‘rar, uning saroyida sonsiz hofizlar, cholg‘uvchilar, qiziqchilar ham bor ekan. U, biror joyga borguday bo‘lib qolsa, ahli san’atni ham o‘zi davomi…

Noshud bola

Sag‘ir bo‘lib momomning qo‘lida qoldim. Momomning uchta buzog‘ini boqib yurdim. Uning bittasini bo‘riga oldirib yubordim. Momom urdi, qochib borib Boymoqli degan qishloqda bir kampirning echkisini boqdim. Bir kun kampir:— Echkilar sut bermay qoldi, men boqayin, sen uloqlarni boqib, suv olib davomi…

Xafa bo‘lish yo‘q-a?

Boltaboy akasi Teshaboyni ochlikdan o‘ldirgan zolim boydan o‘ch olish uchun boyning hovlisiga qarab yo‘l olibdi. Boy bir necha kundan beri xizmatkor qidirib, topolmay xafa bo‘lib o‘tirgan ekan. Boltaboyni ko‘rishi bilan sevinib ketibdi. U Boltaboy xizmat so‘rab kelgan bo‘lsa kerak, deb davomi…