Aql va boylik

Bir cholning to‘rt o‘g‘li bor ekan. Bir kuni chol: — O‘g‘illarim, men qarib-qartayib qoldim, — debdi. — Orangizdan bittangiz oila boshlig‘i bo‘lishingiz kerak. Kimki aqlli va davlatmand bo‘lsa, u menga merosxo‘r bo‘ladi. Har qaysingiz menga aqlli va davlatli ekanligingizni ko‘rsating.Eng davomi…

Podsho bilan cho‘pon

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. U juda ham otlarni yaxshi ko‘rar ekan. Shuning uchun ham yurtidagi barcha zo‘r otlarni yig‘ib, saroyida otlar uchun maxsus otxona va otboqarlar tayinlagan ekan.Podsho har kuni o‘zi otlardan davomi…

Zolim xon va ziyrak dehqon

Bor ekanda, yo‘q ekan, qadim zamonda bir zolim xon bor ekan. U o‘zining zolimligi bilan dong taratgan ekan. Xon o‘z yeridan odam o‘tkazmaslik uchun chegaradagi daryo ko‘prigiga jallod qo‘yibdi.Ko‘prikdan o‘tgan kishidan jallod:— Yo‘l bo‘lsin? — deb so‘rar ekan. Agar yo‘lovchi davomi…

Yolg‘on

Qadim zamonda bir aka-uka bor ekan. Akasi podsho huzurida xizmat qilar ekan, ukasi esa uyda qolar ekan. Akasi gapirganda juda ko‘p yolg‘on qo‘shar ekan. Yolg‘on gaplarni rostdek qilib gapirishga usta ekan. Podsho uning hamma yolg‘on gaplariga ishonar ekan. Doim unga davomi…

Tentak podsho

Bir tentakka otasidan podsholik meros qolibdi. U tentak gap-so‘zda yo‘q ekan. Biror yig‘ilishda gapirmoqchi bo‘lsa, maza-bemaza gaplarni gapirib qo‘yar ekan. Bundan vazirlari ko‘p o‘sal bo‘lishar ekan. Ular bir kuni maslahat qilishib, podshoga shunday deyishibdi:— Taqsir, siz gap-so‘zga yo‘qsiz, doim yomon davomi…

Aqlli, idrokli, zehnli

O‘tgan zamonda bir boy yashagan ekan. Uning uch o‘g‘li bo‘lib, uchalasi ham zo‘r bilimdon ekan.Kunlardan bir kuni mo‘ysafid ota betob bo‘lib yotib qolibdi. U uchala bolasini oldiga chaqirib, nasihat qilibdi:— Bolalarim, agar qazom yetib o‘lsam, bog‘dagi katta uzumning tagiga har davomi…

Bek bilan dehqon

Bir dehqon qo‘sh haydab turgan ekan, podshoning qushbegisi ot minib katta yo‘ldan o‘tib qolibdy. Dehqonga ko‘zi tushib:— Hormang! — debdi.Dehqon eshitsa ham o‘zini eshitmaganga solib, “xo‘sh, jonivor!” deb ho‘kizlarini qaytarib, yerni hayday beribdi. Bek “Qulog‘i karmi buning, nega indamaydi, yoki davomi…

Ikki donishmand

Kunlardan bir sovuq kunda bir podsho bir donishmand chol bilan yo‘lda ketayotsa, bir kishi yer haydayotgan ekan. Shunda donishmand chol haligi kishiga:— To‘qqizni uchga bermabsiz-da, inim, — debdi. Haligi kishi esa:— To‘qqizni uchga beray desam, o‘ttiz oltilikdan ortmayapti-da, — debdi.Podsho davomi…

Qaysi yerda chivin yo‘q

Burungi zamonda Husayn Boyqaro degan podsho yashagan ekan. U vaziri Sheraliga:— Qaysi yerda chivin bo‘lmaydi? — deb savol beribdi. Sherali o‘ylanmasdan:— Odam yo‘q yerda chivin bo‘lmaydi, — deb javob beribdi.Shunday qilib, bular ikkisi otga minib, odam yo‘q yerlarni qidirib ketishibdi. davomi…

Bajarib bo‘lmaydigan buyruq

Bir podsho vazirini chaqirib, buyuribdi:— Bir imorat qurdirgin. Imoratning tepasi osmonga, tagi yerga tegmasin.Vazir:— Xo‘p, mayli. Men aytganlaringizni bajaraman. Lekin siz ham qovoqqa o‘xshagan yo‘l-yo‘l ochiq savat to‘qiting. Men ishlayotgan joyga shu savatda suyuq osh solib olib borishsin, — debdi.Shunda davomi…