Noshud chol

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning farzandi yo‘q ekan. Juda kambag‘al yashashar ekan. Bir kuni ikkovlari juda och qolishibdi, yeyishga hech nimalari qolmabdi. Shunda kampir cholni koyib:— Hoy chol, uyda o‘tiraverasizmi, davomi…

Kiyik bilan kadi

Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bir kiyik bor ekan. U kiyikning tog‘ kamarida uyasi bor ekan. Uyasining yonida bir terak bor ekan. Bir odam kelib shu terakka kadi osib qo‘yibdi. Kadi shamoldan kunin taraqlab, tunin taraqlab turar davomi…

Qarg‘a bilan qo‘zi

Bor ekan, yo‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, g‘oz karnaychi ekan, tovuq taq etdi, bilmadim qaqqa ketdi.Bir qarg‘a bilan qo‘zi bor ekan. Qarg‘a qo‘zi yoniga borib:— Seni yeyman, — davomi…

Hiylagar bedana

Bor ekanda yo‘q ekan, bitta zag‘izg‘on bo‘lgan ekan. U bir tup do‘lananing tepasiga in qo‘yibdi va beshta bola ochibdi. Bolalari endi uchirma qilishga yaqinlashgan kunlarda undan bir och tulki xabardor bo‘lib qolibdi. Tulki zag‘izg‘onga do‘q qilib, bolalarini yeyish payiga tushibdi. davomi…

Susambil

Bor ekan-u yo‘q ekan, och ekan-u to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, g‘oz karnaychi ekan.O‘tgan zamonda bir boy bor ekan. Uning eshagi va bir ho‘kizi bor ekan. Uning yeri davomi…

Laylak bilan tulki

Laylak bilan tulki do‘st bo‘lgan ekan. Qimmatchilik vaqti kelib, ikkisi bola-chaqasi bilan och qolibdi. Bir kun laylak tulkiga:— Tulkiboy, sen uyga qarab o‘tir. Men uchib borib o‘zimizga va bolalarimizga ovqat topib kelay, — debdi.Tulki rozi bo‘lib, uyda bolalarga qarab qolibdi. davomi…

Botir echki

O‘tgan zamonda bir faqir er-xotin bo‘lar ekan. Ularning bisotida faqatgina bitta echkisi bor ekan. Echkisiga har kuni bir siqim quruq xashakni berib, yelinlariga mushtlab kuniga bir kosa sut sog‘ib olishar ekan. Ularning kunlik ovqati shu bir kosa sut bilan o‘tar davomi…

Buzoq, echki va qo‘zi

Bor ekanda yo‘q ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yo‘q ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib o‘tirishni ham xushlamas ekan.Uning birgina xotinidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Bahor kelib, o‘tlar ko‘karib, yozning issiq kunlari kelmasdan davomi…

Tulkiboy

Bir kuni tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi.Kampirni ko‘rib:— Ona, senga shu angishvonani ertagacha qoldirib ketaman, ertalab kelib olaman, — deb chiqib ketibdi. O‘zi eshikning tirqishidan kampirning angishvonani qayerga qo‘yganini davomi…

Kampir bilan shaqol

Bir kampir: «Shaqolning dastidan dod!» debdi: Shaqollar keladi har yoqdan xezlab, Tovug‘imning yotgan joyini izlab. Patini yuladi, go‘shtini tuzlab, Bu shaqollar meni harob ayladi.Kechalar qayerda yuradi ulib. Tovuqlarning yotgan joyini bilib, Olib qochar dashtga tomog‘in bo‘g‘ib, Bu shaqollar meni xarob davomi…