O‘g‘ri

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir mamlakatning podshosi bor ekan. Uning xazinasiga o‘g‘ri tushibdi. Podshoning yasovullari o‘g‘rini qo‘lga tushirishibdi. Podshoning buyrug‘i bilan o‘g‘rini o‘n besh yilga zindonband qilishibdi.Kunlardan bir kuni o‘g‘ri yasovulboshidan iltimos qilibdi:— Mening bir farzandim davomi…

Eshagim yosh edi

Xonlarning zulmini, qiyinchilikni ko‘p ko‘rgan bir kambag‘al yurtga podsho bo‘lib qolibdi. Oldiga arzi-dodga kelgan fuqarolarni sipohlar kirishga qo‘ymay, ular qaytib ketib qolmasinlar deb, qopug‘ oldiga shildiraydigan temirlarni osib tashlagan ekan. Sal shildirashi bilan ogoh bo‘lar ekan.Kunlardan bir kuni temir shildirab davomi…

Rohatijon

Bir kampirning uch o‘g‘li, bir qizi bor ekan. Hammasi uyli-joyli ekan. Lekin kelinlari kampirga yaxshi qarashmas ekan.Bir kuni katta o‘g‘li onasidan xabar olgani kelibdi. Kampirning “Suv-suv oyimga boraymi, Qum-qumxonnikiga boraymi, alla bolamnikiga boraymi, Rohatijonnikiga boraymi”, deb o‘tirganini eshitib qolibdi. Shundan davomi…

Attang

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podsho bor ekan. Uning yakka-yu yagona qizi bor ekan.Kunlardan bir kun u boqqa sayrga chiqmoqchi bo‘libdi. Uning o‘z kanizaklari bilan boqqa chiqishini eshitgan qo‘shni yurt podshosining o‘g‘li yashirinib o‘sha boqqa kirib olibdi. Podshoning davomi…

Meros

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda, bir qishloqda Qambar ismli chol yashar ekan.Uning uchta o‘g‘li bo‘lib, onalari yoshligida vafot etgan ekan. Qambar o‘g‘illari voyaga yetganida ularni uylantirib qo‘yibdi. O‘zi esa borgan sari holdan toyib, kuchdan qolib boraveribdi.Bir kuni davomi…

Nima eksang, shuni olasan

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir chol yashagan ekan. Uning xotini vafot qilgan, chol balog‘atga yetgan o‘g‘li bilan bir o‘zi qolgan ekan.Otasi o‘g‘lini ikki yildan keyin uylantiribdi. Kelini ishyoqmas, qo‘pol ekan. U har kuni arzimagan narsalardan janjal davomi…

Har kimning bolasi o‘ziga shirin

O‘tmishda bir dehqonning o‘g‘li bo‘lgan ekan. U nihoyatda mehnatsevar, serg‘ayrat bo‘lgani uchun ertalabdan kechgacha kun qizig‘ida oyoq yalang, bosh yalang bo‘lib bir yaktakda ketmon chopar ekan. O‘g‘lini bu holda ko‘rgan otasining unga rahmi kelib:— Ey, bolam, kun qizig‘ida boshingga qalpoq, davomi…

Odil podsho

Qadim zamonda bir podsho o‘tgan ekan. U podsholik qilgan davrda bir kishi bir kishidan yer sotib olibdi. Yer sotib olgan kishi yerni shudgor qilayotganida bir ko‘za oltin chiqibdi. U kishi yer sotgan kishiga aytibdi:— Sotgan yeringdan bir ko‘za oltin chiqdi, davomi…

Bale, bale, bale

Chol bilan kampirning bir kichkinagina hovlisi bor ekan. Chol shu hovlisiga tarvuz ekib, bir tupini ko‘kartiribdi. Tarvuz palak otib gullabdi va bittagina tarvuz qilibdi. U katta bo‘lib pishibdi. Tarvuz pishgan vaqtda chol bilan kampir maslahat qilishibdi. “Bu tarvuzni so‘yganimiz bilan davomi…