Garang

Bor ekan, yo‘q ekan, Qo‘qon tomonda Yangi qishloq bilan Toshkent guzari o‘rtasida Tojik qishloq degan joy bor ekan. U Tojik qishloqda Boymat degan bir boy bor ekan. U boyning yuzta qo‘yi bor ekan. Boy qulog‘i eshitmaydigan kar ekan.Bir kuni boy davomi…

Ahmoq jo‘ralar

Bor ekan-u yo‘q ekan, qirq kal bor ekan. Kallardan biri juda rashkchi ekan. Uning oti Yuz Muhammad kal ekan. Kalning o‘rtoqlari uni shu nom bilan chaqirar ekanlar. U bir kun o‘rtoqlariga: “Agarda mening otimni o‘zgar-tirsalaring men bir sigirimni dangona qilib davomi…

Chol bilan kampir

O‘tgan zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Bularning tirikchiligi o‘tin sotib kun kechirish ekan. Kampir har kuni ko‘moch qilib berar ekan. Chol har kun o‘tin terib kelar ekan.Bir kuni chol o‘tin tergani borib, buloqning bo‘yida uxlab qolibdi. Tushida birov davomi…

Ikki o‘rtoq

Bir mergan yo‘ldan o‘tib borayotgan ekan. Merganning qo‘lida g‘ozi bor ekan. Yo‘lda qorni ochib kelayotgan ikki o‘rtoq:— Shu merganning g‘ozini yeb bo‘lmasmikan? —debdi. Ikkisi maslahatlashib, merganni chaqirishibdi. Mergan kelibdi. Mergandan g‘ozini so‘rashibdi. Mergan:— Yaxshi, ola qoling, birga yeysiz, — deb davomi…

Botmon daxsar

Qadim zamonda bir laqma odam o‘tgan ekan. Bir kun unga xotini bir xumcha berib: “Botmon daxsar”, yog‘ olib keling”, deb buyuribdi. Laqma botmon daxsar esimdan chiqmasin, deb yo‘lda keta-ketguncha ”botmon daxsar, botmon daxsar” deb keta beribdi. Dalada xirmon qila-yotgan bir davomi…

Eralixon va uch o‘g‘ri

Xivada Eralixon degan podsho o‘tgan ekan. U kechasi eski liboslar kiyib, shahar ko‘chalarini aylanar ekan. Bir kecha uch nafar o‘g‘riga uchrabdi. U o‘g‘rilarga o‘zining ham “o‘g‘rilik qilish” maqsadida yurganini bildiribdi. O‘g‘rilarning har qaysisi o‘z san’atini bayon qilibdi. Birinchisi hayvon tilini davomi…

Rustam

Zabiliston mamlakatida Kayoniy avlodidan bo‘lgan Somi Narimon degan podsho o‘tgan ekan. O‘n yetti xotin olsa ham bola ko‘rmagan ekan. Ko‘hiqofdan Malika ismli yana bir xotin olibdi. Xotini homilador bo‘libdi. Kanizak Somi oldiga borib:— Ey, podsho, shu vaqtgacha o‘g‘il ko‘rganingiz yo‘q. davomi…

Doro va Iskandarbek

Bir vaqtda Doro degan katta podsho o‘tgan ekan. U bir podshoning qiziga uylangan ekan. U qizga Doroning bir vaziri ham oshiq bo‘lib qolibdi. Doro podsho namoz o‘qiyotganida, vazir u ayolni yo‘q qilish payiga tushibdi-yu, bir xat yozib Doro podsho kavushining davomi…

Luqmoni hakim

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bir zamonda Iskandar degan podsho o‘tgan ekan. Iskandar Yamandan Yasargacha (kun chiqishdan kun botishgacha) joyni so‘ragan ekan. Podshoning gapdon bir vaziri bor ekan. Podsho bir kun vazirlari bilan o‘tirganda:— Bir so‘zim bor, sizlarga davomi…

Kimyogar

O‘tgan zamonlarda Buxoroning Devonbegi hovuzi yonida, havoning issiq kunlarida ellik yoshlarga kirgan bir chol sopol ko‘zachada o‘tgan-ketganlarga suv berib o‘tirar ekan. Yo‘lovchilar uning suvini ichgach, pul bermoqchi bo‘lganlarida, uzatilgan pullarni o‘z qo‘li bilan qaytarib: “Rahmat, pulingiz kerak emas, ikki og‘iz davomi…