Kitob va yozuv

Daraxt emas, yaproqli, Ko‘ylak emas, etakli, Odam emas so‘zlaydi, Turli kuylar kuylaydi.(Kitob) Ustida qopqoq, Tagida qopqoq, Ichinda yaproq.(Kitob) Tilsiz, aql o‘rgatar.(Kitob) Bodomcha bodomcha bilan, Yetti kalit tom bilan. Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor, So‘ylashadi odam bilan.(Kitob) Oq yer ochdim,Qora davomi…

Kiyim-kechak, bezak va tikuvchilik asboblari

Otdim, osmonga chiqdi.(Do‘ppi) Bosh ustida chambarak, Chambarakda kapalak.(Do‘ppi) O‘zi bitta, Tuxumi to‘rtta, Bolasi o‘n oltita.(Do‘ppi) Boshingdagi boshpana, Qish-qirovda gulxona.(Telpak) Kunduzi himoya qiladi, Kechasi qoziqda turadi.(Kiyim) Qora botir qaltiroq, Sag‘irlari yaltiroq.(Qora atlas) Top, topishmoq, Tanga yopishmoq.(Ko‘ylak) Erta turdi,Ikki ayri yo‘lga tushdi.(Shim) davomi…

Olov, tutun, chiroq

Bir savat anor, Hadding bo‘lsa ol.(Cho‘g‘) Bir tovoq qizil olma, Ushlamoqqa hadding borma.(Cho‘g‘) Yalt-yalt etadi, Yamlab ketadi.(O‘t-olov) Changaroqdan uchib chiqadi, Qarasa, ko‘zni ko‘r qiladi.(Uchqun) Ko‘k ho‘kiz oldin chiqar, Qizil ho‘kiz quvib chiqar.(Tutun, olov) Ko‘k otim qo‘yivordim, Qizil otim olib qoldim.(Tutun, davomi…

Uy xo‘jalik asboblari

Og‘zi do‘ppidek, Ichi qizil, xumdek.(Tandir) Shum kampir,Shumaloq kampir,Ikki beti yumaloq kampir.(Tandir) Og‘zi qora ko‘k tozim, Kuniga to‘qqiz kiyik oladi.(Tandir) Alomat-a, alomat, Ichi qizil qiyomat. Ho‘l urdim, Quruq chiqdi.(Tandir, non) Osti lop-lop, Usti lop-lop, O‘rtasida kumush qoplab.(Rapida) O‘zi bitta, Qulog‘i to‘rtta.(Qozon, davomi…

Uy-joy va unga tegishli jihozlar

Opon-oponni ko‘rdim, Eski choponni ko‘rdim. Qobirg‘asi qalashgan, Odam yutganni ko‘rdim.(Qora uy) Qobirg‘asi tarim-tarim, Asli uning joni yo‘q. Terisini siyirib olsam, Yerga tomar qoni yo‘q.(Qora uy) Hachcha,Dachchaning ustida bachcha. Bachchaning ustida qalpoq, Qalpoqning ustida telpak.(Qora uy) Bir tepada olti qo‘chqorning shoxi davomi…

Mehnat, ish qurollari

To‘rda turgan to‘rt yigit, To‘rtovi ham mard yigit.(Cho‘p savag‘ich) Bizning uyda to‘rt kampir, To‘rtovi ham mard kampir.(Savag‘ich) Qorong‘i uyda ko‘p polvon olishadi.(Cho‘p savagich) Biznikida bitta kishi, Og‘zida qirqta tishi.(Jun tarog‘i) Oqqina kuchuk xov-xov etdi, Qorni to‘yib ag‘nab ketdi.(Urchuq) Guv-guv etadi, davomi…

Oziq-ovqatlar

Bir qo‘yim bor, Turib semirar.(Xamir) Oq qo‘yim bor, So‘ysam qoni yo‘q.(Xamir) Yumalatsam joni yo‘q, Yulib olsam qoni yo‘q.(Xamir) Mushtlab-mushtlab urarlar, Muncha gunoh qilibman. O‘tga solib yoqarlar, Muncha osi bo‘libman.Muncha meni xorlarlar, Bilmam nima qilibman. Muncha meni sevarlar, Qanday shirin bo‘libman.(Xamir, davomi…

Poliz ekinlari va sabzavot

Xo‘ppa semiz, Bir tuki yo‘q.(Tarvuz) Uzoqdan yaldir-yuldur, Yoniga kelsam qulfi-kalit.(Tarvuz) Ko‘kkina qo‘zim, quvanda turib semiradi.(Tarvuz) Men ajab hayronman bir narsaga, Qoziqda boylovli turibdi-yu, Onasi bolasining qornida.(Tarvuz) Jumboq qo‘ydim, jubin top, Yumaloq biyning otin top. Tag‘i qo‘ydim, tag‘i top, Tolli biyning davomi…

Ekin va o‘simliklar

Abdal buva ariqdir, Og‘zi, burni murriqdir.(G‘o‘za) Chopsang kular, Chopmasang o‘lar.(Paxta) Og‘zini ochib yerga qaraydi, Og‘zidan oq ko‘pik sochadi.(Paxta) Qorday oppoq, Yungday yumshoq.(Paxta) Ildizi yerda, Yulduzi ko‘kda.(Paxta) Kichkina xurmacha, Og‘izlari burmacha.(Ko‘sak) Yerdan ko‘karib chiqar, Bag‘ridan oltin oqar.(Paxta) Momiqqina onasi, Yog‘liqqina bolasi.(Paxta, davomi…

O‘simliklar dunyosi

Hasan aka tikka turadi, Bolalari chapak chaladi.(Terak, barglari) Bolalari qarsak chaladi, Onalari o‘yinga tushadi.(Terak, barglari) Yozda ham qishda, Bir xil kiyimda.(Archa) Otasi uyda qolar, Bolasi bozor borar.(Mevali daraxt) Kichkina qozonning oshi totli.(Yong‘oq) Kichkina dekcha, Ichi mazaliqcha.(Yong‘oq) Kichkina qozon, Jingla palov.(Yong‘oq) davomi…