Said Ahmad. Sobiq (hajviya)

Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi kuniyoq to‘qqiz tonna paxta teribman. Avvaliga o‘zim ham hayron bo‘lib qoldim. Tavba, shuncha paxtani o‘zim terdimmi, yo birov qo‘shib qo‘ydimi? Ertasiga bir g‘ayratga o‘n g‘ayrat bilan paxta terish mana bunaqa bo‘ladi, deb ishga tushib ketdim. davomi…

Said Ahmad. Chiroqni o‘chir (hajviya)

Majlis raisi tikuv fabrikasining direktori Azlarovga so‘z berdi. Azlarov salmoqli qadamlar bilan bitta-bitta bosib minbar tomonga yo‘l olgan edi, qornida bir nima uzilib ketgandek ikki bukchayib, arang minbarga yetib oldi.O‘rtoqlar!U «o‘rtoqlar»ni shunday qattiq aytdiki, oldidagi qog‘oz og‘zidan chiqqan shamoldan uchib davomi…

Said Ahmad. Iqror (hajviya)

Rahmonali ko‘ngli poshsho bo‘lib kelardi. Bugun ham xotinini dog‘da qoldirib, o‘sha joyga bordi. Maishat kechagidan ham zo‘r bo‘ldi. Bugun xotiniga nima bahona qilsa ekan? U uyga yaqinlashgan sari bahona topishga shoshardi. Shunga ham bahonami? Kechagi majlisning davomi bo‘ldi, deb qo‘yaqoladi-da!Taksi davomi…

Said Ahmad. Xurrak (hajviya)

Odamning qanaqaligi safarda bilinadi.Kalonxo‘jayev o‘rinbosar tanlashga juda usta odam. Mana, Mo‘minov degan mo‘mingina odamni o‘ziga o‘rinbosar qilib oldi. Bechora Mo‘minov musichaning o‘zi. Kalonxo‘jayev qo‘ng‘iroq bosib chaqirganda egilib, g‘ildirakka o‘xshab g‘ildirab kiradi-da, uning gaplarini churq etmay eshitib, koptokka o‘xshab yana dumalab davomi…

Said Ahmad. Chuchvara (hajviya)

Majlisda unga:— Sen bola, chuchvarani xom sanab yuribsan. Shoshma hali, jo‘jani kuzda sanaymiz. Bu qanaqasi, sirkang suv ko‘tarmaydigan bo‘lib qopti, — deyishdi.Xoliqning tepa sochi tik bo‘lib ketdi. U uch yildan beri paxta brigadasida boshliq. Brigadaga o‘tishdan avval parranda fermasida, undan davomi…

Said Ahmad. Gugurt (hajviya)

Ishdan juda tabiatim ravshan qaytdim. Endi qo‘limga gulqaychini olib ayvonga chiqqan edim, eshik taqillab qoldi.— Aytgancha, esimdan chiqibdi,— dedi jiyanim. — Mirvali aka ikki marta o‘g‘lini chiqazdi. Uyida mehmonlar bor emish, chiqarmishsiz. Hoynahoy yana bola chiqazadi.Eshikni ochsam, darhaqiqat, Mirvalining o‘g‘li. davomi…

Said Ahmad. Dum (hajviya)

Zaynobiddin o‘ylab qarasa, shu kunlarda o‘qituvchilarning moyanasiga baraka kirib, tirikchiliklari binoyiday bo‘lib qopti. Eski kasbiga qaytishni niyat qilib qo‘ydi. Shu maqsadda ariza ko‘tarib maorifga bordi. Maorif mudiri uni yaxshi taniydi. Bir vaqtlarda o‘zi o‘qitgan. Yettinchini bitirganda birga tushgan fotosuratlari ham davomi…

Said Ahmad. Sag‘ana (hajviya)

O‘lik degan o‘z izzati bilan kafaniga o‘ralib, tobutda qimirlamay yotgani durust bo‘larkan. Tobut yo‘lakda, kafan g‘assolning yelkasida. Ammo murda hovlida kelgan-ketganlarga qo‘l qovushtirib, derazadan patnis uzatib, ko‘ngil so‘raganlarga: «Bandalik ekan, qandoq qilay…» deb yursa, juda xunuk ko‘rinar ekan.Mahalla qorovuli tong davomi…

Said Ahmad. Kataysa (hajviya)

Qosimjon mashinada xotinini bir aylantirmoqchi bo‘lib turganda, eshik taqillab qoldi. Chiqsa singlisi bilan kuyovi. Aka-singil o‘rtasida andak gap qochganidan ular anchadan beri ko‘rishishmagan edi. Qosimjon katta boshini kichik qilib yo‘qlab borolmadi, singlisi har qalay ayol kishi emasmi, o‘zi eshik qoqib davomi…


Maqolalar mundarijasi