Ninel Vladimirova. Baxt izlayotgan odam (1990)

Rang-barang shakliy imkoniyatlarini namoyon qilayotgan o‘zbek hikoyachiligi hozirgi adabiy jarayonda mustaqil janr sifatida tobora faolroq ishtirok etmoqda. Buni tajribali hikoyanavis Shukur Xolmirzayev ijodi misolida, ayniqsa, uning «Haykal», «Xorazm, jonginam», «Hukumat», «O‘zbek xarakteri» asarlari jamlangan «Hikoyalar» turkumi misolida ham yaqqol kuzatish mumkin. Bu hikoyalar jamiyatimiz dardlari, bugun yuzidan pardasi ko‘tarilayotgan haqiqiy va muayyan erktnltk muammolari yozuvchini naqadar hayajonlantirayotganligini ta’kidlab turibdi. Adib mazkur asarlarida abadiyat masalalarini zamonaviy hayot dolg‘alari bilan chambarchas bog‘lay olgan.

Sh. Xolmirzayevga xos falsafaga moyillik uning asarlarida ko‘pincha, hikoyachi-roviy yoxud bosh qahramon vazifasida namoyon bo‘luvchi fikr yuritayotgan, kuyinayotgan inson ma’naviyati bilan chatishib ketadi.

Hayot va uning ziddiyatlariga yangicha qarash va sharhlar bu hikoyanavisning asarlarida tobora yorqin ifodalanmoqda.

«Hikoyalar» turkumnning ruhi hayajonga solib turgan fikrlarni insho etish kabi yengib bo‘lmas istakning o‘zi emas, balki bugungi kunda yuz berayotgan vaqealarga munosabatni tayin eta olishdir.

Hayot keskin o‘zgarib turadi, shu o‘zgarishlar mobaynida, masalan, Stalin haykalini ag‘darish kabi ishlar birdan mumkin bo‘lib qoladi: «Baland supada. Oppoq bo‘lib turardi. Shinel ham, mo‘ylov ham bir yarashgan. Kitelini ham hech mahal egnidan tashlamagan ekan… Haykalning poyida ijroqo‘m raisi Bo‘tayev bilan muzeyning direktori Xoliqberdiyev. Mana shunday karlik bo‘lib turishibdi» (5-bet).

Xolmirzayevning bosh qahramoni «Jasurligi uchun» medali taqilgan kiteldagi keksa askar Stalnn nomini muqaddas oyatday takrorlab urushga kirgan, Kurskning yonida «Vatan uchun», «Stalin uchun» deb jangga otilgan insondir. Unga hozir sira oson tutib bo‘lmaydi. Yon-verida sodir bo‘layotgan hodisalarni anglab yetolmagan keksa frontchi Kimsan uchun Stalin haykalini ag‘darish g‘oyat fojiaviy bir holdir. Uning fe’li-atvori, dunyoga nazar-e’tibori urushgacha va urush paytida shakllangan. Ha, aynan o‘sha «karlik» nazar, «karlik» ruhiyat. Kimsan o‘z avlodi taqdiriga teng sherikdir.

Muallif «xalqlar dohiysiga» ko‘r-ko‘rona e’tiqod qon-qoniga singib ketgan qat’iy va musti-mahkam an’analar ta’sirida shakllangan odamning, keksa frontchining xatti-harakatlarini ancha batafsil ifodalaydi. Keksa askarning birinchi qilgan ishi — qo‘rquv va e’tiroz, «xudobezori» yoki kam deganda «adashayotganlar»ni to‘xtatib qolishga urinish — «Bu odam — dohiy-ku, deb baqirdim. Kecha «Yashasin deb yurgan eding… Ha, haromi… Sen sal kam poshist ekansan-ku?»

Ijroqo‘mning raisi esa boshlanayotgan janjalni to‘xtatishga urinadi: «Haykalni ag‘daramiz, sizlar esa: «Mayli, o‘zlaring biron joyga oborib ko‘minglar», deb qoldi.

Sh. Xolmirzayev hikoyasidagi fojeiylik uning qahramonlari dunyoqarashida mujassam. «Qarang, yoli oqarib ketgan shu aravakash ham qo‘rqadi-ya? Bilaman, bir zamonlar «qo‘sh ho‘kizing bor» deb otasi quloq qilingan, keyin «vrag narod» bo‘lib ketgan». Bu — hikoya qahramoni haykalni aravada oborib berishni iltimos qilgan odam haqidagi gaplardan.

Hayotning qahri qattiq, beshafqat. Bosh qahramonning esa bunga imoni komil. Ijroqo‘m raisi Bo‘tayev siyosatdan gap ochganda u jimib qoladi. «Siyosatni tilga olgandan keyin lab-dahaning bog‘lanib qoladi-da» U bu so‘zning nechog‘li qudratli ekanini bilgani uchun jimib qoladi.

Hatto ancha marnfatli, savodxon odamlar uchun ham hurfikrlilik notabiiy sanaladngan «adolat» atalmish qutqu Kimsanni ham tuzukkina o‘qitib qo‘ygan. Sh. Xolmirzayev qahramonlarining birdan-bir gunohi — ham vujudi, ham qoniga singdirilgan e’tiqodga mutaassiblarcha ishonganidadnr. Ularning gunohi siyosiy jihatdan go‘l bo‘lganidagina emas, balkn o‘nlab yillar davomida tazyiq ostida, axloqsizlik tomon yo‘naltirilganligidadir. Ko‘p yillar davomida emin-erkin yashashga imkon bermagan qo‘rquv Sh. Xolmirzayevning qahramonlarini hozirgacha ta’qib etmoqda: «Ammo-lekin, uka, shu qo‘rqitish… degan gapimda jon bor: men har qancha botirlik qilgan bo‘lsam ko‘nglimning osti dir-dir etib turganini tan olaman». «Ming-minglab odamlar «xalq dushmani» bo‘lib ketgan. Anchayin gapning ustidan… endi deng, biz kimsan — Xrushchevning zamonida stalinchi bo‘lib turibmiz». Ha, o‘zining stalinchi bo‘lib turganini bilaturib, qoniga singigan odatiy qarashlardan, tushunchalardan voz ham kecha olmay, buning yo‘llarini bilmasdan ham u yana shularning barini o‘jarlarcha himoya qiladi. Kimsan o‘z hovlisining o‘rtasiga haykalni o‘rnatib qo‘yadi va bu oppoq, silliq, og‘ir haykal pastda, yerda kechayotgan voqealarga bir ta’na kabi g‘oz bo‘lib turadi.

Kimsanning avlodi judayam og‘riqli jarayonlarni boshidan kechirmoqda. Ana shu jarayon inson shaxs tugalligini o‘z ijodida tadqiq etayotgan yozuvchining tasvir nishonidir. Shuning uchun ham turkumdagi boshqa bir hikoyaning — «Xorazm, jonginam»ning qahramoni ko‘zga ko‘rinmas rishtalar bilan kulfatga yo‘liqqan vataniga, tug‘ilgan yeriga bog‘langan odamning siymosi bizga tasodifiy tuyulmaydi.

Ona yurtga, zaminga muhabbat haqidagi, «adashgan farzand»ning qaytib kelishi haqidagi, otalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatga o‘xshash an’anaviy yo‘sindagi hikoya bora-bora insonning ulg‘ayishi, donishmandlik kasb etishi, ko‘z o‘ngida ajal domiga tortilib borayotgan vatanga, ajdodlar yurtiga farzandlik tuyg‘ulari haqidagi munis rivoyat bilan yo‘g‘rilib ketadi. Ham moddiy, ham ma’naviy jihatlardan beadad aloqaga kirishayotgan inson va tabiat munosabatlari bu hikoyaning bosh muammosi, adib oldinga surgan asosiy g‘oyadir.

«Xorazm, jonginam» hikoyasining ichki keskinligini keksa ota va voyaga yetgan o‘g‘ilning ona yurtga, qadrdon go‘shaga ikki xil munosabatining, qolaversa, ikki xil dunyoqarashining to‘qnashuvi tashkil qiladi. Hikoyaning boshida keltirilgan quyidagi gaplarni tasodifiy deyish qiyin; «Har birimizning ham tug‘ilgan makonimiz, kindik qoni tomgan tuprog‘imiz bor ekan-da. Uni asta-sekin, aylanib-aylanib topar ekan kishi. Ot aylanib qozig‘ini topadi deganlarndek… Bu so‘zlar «ot aylanib qozig‘ini topadi» degan bir jumlada izhor etish mumkin bo‘lgan oddiy, lekin kundalik voqelik chegaralarini yorib chiqib ketadigan fikrlarga turtki beradi. Hikoya butun bir o‘lkaning tanazzuli, ekologik fojealar bnlan bog‘langan moddiy yo‘qotishlar haqidagina emas, ko‘proq ma’naviy yo‘qotish haqidadir. Asar ajdodlari makon tutgan ona zamin chorlovini eshitgan, hayot izdihomidagi asosiy narsa — yengil topilgan pullar, bazmu jamshidlar, ziyofatlar, to‘ylar emas, 6alki na otasining g‘amgin nigohini, na qadrdon go‘shaga fojeiy begonalikni, na katta shaharga ko‘chib o‘tish haqidagi taklifni rad etgan otaning qahru g‘azabi sababini anglab yetolmasdan sotib yuborgani — o‘sha to‘kilay deb turgan zax va sho‘rlab yotgan uyning parchasi ekanligini banogoh anglab yetgan odamning ko‘ngil izhori shaklida bitilgan.

Hikoya keskinligini ko‘p jihatlardan belgilab turgan narsa — ikki qarama-qarshi nuqtai nazarning to‘qnashuvi desa bo‘ladi. Lekin faqat shuning o‘zigina emas. Keskinlik qadrdon go‘shaga otaning o‘limidan avval ham, so‘ng ham sodir bo‘lgan yengil-elpi munosabatda, tevarakda kechayotgan voqealarga o‘ylamay-netmay baho berishda, keyinroq «ochilgan» ko‘r ko‘zlarda» va vatanga qaytishda ham zuhur bo‘ladi.

Qadriyatlarni qayta baholash jarayoni qahramon ruhida botiniy kechadi. Otasini chorlagan katta shaharga uning o‘zi ham ko‘nikib ketolmaydi. O‘sha yoqlarda uni go‘yo qasos quvib yetganday bo‘ladi, shu boisdan uning qaytishini vatanparastlik tuyg‘ularining uyg‘onishi deyish qiyin. Qahramonlik yoxud jasorat deyish esa mutlaqo nojoiz, aksincha, o‘z-o‘zidan anglashiladigan tabiiy bir hodisa deb qarash to‘g‘riroq bo‘lardi. Bu yerda «uyg‘onish» ham, ruhiy qayta tug‘ilish ham ko‘zga tashlanmaydi.

Hikoyada vijdon iztirobi ham, aybni yengillashtiradigan alohida holatlar ham yo‘q. To‘g‘rirog‘i, ayb sanaladigan narsaning o‘zi yo‘q. Zamonning aybi, davrning aybi, «Haykal» hikoyasining qahramoni «buyuk g‘alabalarimiz», «bizning olg‘a intilishlarimiz» deb aytgan chala haqiqatlarning etagiga sadoqat bilan bosh urgan butun-butun avlodlarning aybi bor. Ayni vaqtda bu hikoya ma’naviy so‘qir, zamonlar tig‘ solgan yuragining chandiqlarini bekitishga o‘rgangan avlod taqdiri haqida hamdir. Sh. Xolmirzayev murakkab muammolarnn soddalashtirmaydi, biroq, «Xorazm, jonginam»ning so‘nggida qahramonning avvalgi rangsiz hayotni davom ettirolmay qolgani ham ko‘rinadi: «Sig‘madim-da! Yo‘q, tushunmayapsiz: shunday katta O‘zbekistonga sig‘madim! Xeva, o‘sha mnnoralar, eski karvich devorlar, tor ko‘chalar, sag‘anazor mozorlar meni tortdi».

«Xorazm, jonginam» hikoyasining bosh kahramonn ruhan sinmagan. Uning o‘z otasini Xorazmdan olib ketishga, ota uyini sotishga bo‘lgan intilishlarini, pishitilgan rejalari, o‘ylab qo‘yilgan fikrlari shundan dalolat ersa-da, yozuvchiga qahramonning ruhiy tadrijini ko‘rsatishga imkon bergan. O‘zini daydiroq sanasa-da, hikoya qahramoni ona yurt chorlovini anglay oladigan odam ekanligini namoyish qiladi. U endi ikkilanishga biron daqiqa haqqi qolmaganini sezadi, boshqa yurar yo‘l, borar manzil qolmaganini anglaydi. Va o‘zining havoyi tabiatiga qarshi o‘laroq, bu safar o‘z ahdida qat’iy.

Sh. Xolmirzayev hikoyalarining voqeaviy qurilmasi insonni hayot bilan, harakat bilan sinovdan o‘tkazishdir.

Urushda boshdan kechirish mumkin bo‘lgan hamma narsa «Yig‘i» hikoyasi qahramonining vujudidan joy olgan, mahkam o‘rnashnb qolgan, go‘yoki qon sirqib turgan yara yoki naq yurakka qadalgan, lekin sug‘urib olinmagan o‘q deysiz. «Yig‘i» hikoyasi begona yurt, begona hayot, begona o‘lim bag‘riga irg‘itilgan «afg‘onchi»lar avlodining hayoti sahifalaridan biridir.

Bu urush askar yigitlarimiz qalbida g‘ayri insoniy qo‘rquv, nafrat tug‘dirdi, diydalarini qotirdi. Ulardan biri esa hatto qo‘llari ham qaltiramasdan o‘n besh yoshli bir o‘spirinni otib tashladi… va ushbu kun uning xotirasida qo‘rg‘oshin bo‘lib qotdi, hayotini fojiaga, zahar-zaqqumga aylantirdi. Afg‘onistondagi o‘zbeklar qishlog‘idan bo‘lgan o‘spirinning o‘lim oldi hayqirig‘i doimo qulog‘i tagida jaranglab turgan bo‘lsa, qanday hayot kechirish mumkin? Qabristonda, marhumning boshida faryod solayotgan ayollar yig‘isi har lahza ta’qib qilib tursa nima qilmoq, qanday yashamoq lozim?..

Qattiqqo‘llik siyosati halokatli oqibatlarga olib keldi. «Yig‘i» hikoyasida esa bu halokatning botiniy ildizlari, ko‘lami tadqiq etilgan. Inson shaxsini favqulodda vaziyatlarda tekshirayotgan yozuvchi uning hatti-harakatlarini qattiqqo‘llik siyosati bilan bog‘laydi, oqibatda insonning qotilga aylanishini ko‘rsatadi. Yozuvchi bunday siyosatning mudhish gunohlarini alohida ta’kidlaydi, ularni oqlash mumkin emasligini, buni istamasligini namoyon qiladi. Hikoyanavis oddiy odamni jallodga, qotilga aylantiradigan bunday urushga qarshi chiqadi. Shu yerda yozuvchining mantiqi ham, dalillari ham to‘g‘ri.

Turkumdagi «Hukumat» hikoyasi «Yig‘i»ga hamohang jaranglaydi. Shafqatsizlik shu kungacha tevaragimizda hukm surgan bir fikrlilikning muqarrar oqibatlaridan ekanligini anglamaslik soddalik bo‘lur edi. Hikoya syujetining o‘q ildizi turkumdagi avvalgi hikoyalardagi vaziyatlar bilan chatishib ketgan.

Biz rost va yolg‘on omillar haqida bahs yuritmog‘imiz mumkin, lekin u yoki bu karashlarning hayotga tatbiq etilishi yo‘llari haqida o‘ylashga majburmiz. «Hukumat» hikoyasi sirtdan qaraganda beozor tuyulsa-da, nafaqat mudhish, balki dahshatli ohang kasb etgan.

Sh. Xolmirzayev hikoyasining qahramonlari — hukmron mafkura doimiy haq ekanligini odamlarga singdirgan telba va qo‘rqinch siyosatning ilk qurbonlaridir. Bular — hukumat irodasining ifodachilari, zabonsiz ijrochilaridir. Bular — joylarda Stalin yo‘liga so‘zsiz bo‘ysunib, dehqonlarning feodal-kolxoz majburiyati bo‘yinturug‘ini ilishga majbur bo‘lgan kishilardir.

«Hukumat» hikoyasining qahramonlari aniq va ravshan tasvirlangan. Keksa bolshevik «Hukumat-opay» o‘z davrida qishloq sho‘rosida raislik qilgan va o‘zining adolatli ekanligiga kat’iy ishonib, qattiqqo‘llik bilan hamqishloqlarini «quloq» qilib yuborgan.

«Endilikda shakkoklar ko‘paygan, bolam. O, ba’zan bir gaplarni eshitasan, bir gaplarni! Odamlarning og‘zi mana munday bo‘lib ketgan. Bizning zamonlarda u og‘izlarni allaqachon yirtib qo‘yishardi. Hozir tartib-intizomdan putur ketgan…»

Mana endi «Hukumat-opay» ham, uning eri ham qarilar, ular hukumatning qaramog‘idagi odamlarga aylandilar. Ular o‘zlarnning «halol» kechgan butun umrlari mobaynida hatto o‘limlik ham yig‘ib qo‘ya olmaganlar. Endi esa keksa ayol tomini bo‘ron uchirib ketgan tovuqxonasini yopish uchun to‘rttagina shifer so‘rab borishga majbur. Lekin u yerda nafaqat quruq safsatabozlikka balki hukumatning yosh va sog‘lom yangi vakilining loqaydligiga, befarqligiga ham duch keladi. Shunday bo‘lsa ham u o‘zining eskicha qarashlaridan voz kecholmaydi: «…Xo‘sh, hukumatdan norozi bo‘libdi demang, bolam, sirayam unday emas: hukumat o‘zimizniki. Axir, biz uni deb yashadik. Umr poyoniga yetdn. Albatta, albatta. «Vrag narod»largina hukumatni yomon deydi. Biz undaylarni quritib kelganmiz».

Bunday e’tiroflarda davr va shaxs ziddiyatlari bo‘rtib ko‘rinib turibdi. Bugunning kechagi kun bilan bog‘liqligi, sabablar va ildizlarni, ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik mohiyatini anglab yetishning haddan tashqari murakkabligi hamisha diqqat markazida turadigan nuqtalardir.

Turkum Sh. Xolmirzayevning 70-yillar uslubida yozilgan «O‘zbek xarakteri»ni yakunlaydi. O‘sha yillari hayot haqidagi, insondagi insoniylikni o‘ldirish mumkin emasligi haqidagi tug‘yonli fikrlarning sirqib turishi uning ijodiy qiyofasini belgilab bergan edi.

Bu hikoyada o‘tli tug‘yon, undov belgilari yo‘q. Yozuvchi o‘z qahramonlarining ular qanday bo‘lsa shundayicha ko‘rsatgan, insoniy qudratni esa alohida ta’kidlagan, xolos. Hikoya personajlari odamlarga nisbatan sodir etgan axloqsiz qilmishlarini bir qadar — lekin oxirigacha emas — yuvishga muvaffaq bo‘ladilar. Tan ola turib aytgan gaplarnga qarang: «Biz ablahmiz… Ko‘ra bila turib ablahlik qilamiz. Biz qanaqa o‘zbekmiz-a? Ana ularni o‘zbek desa bo‘ladi. Biz ancha buzilganmiz… Lekin hayotning o‘ziyam majbur qiladi-da kishini».

Yo‘q, ularning odamni ablah bo‘lishga hayot majbur qilishi haqidagi gaplari bahonadan o‘zga narsa emas. Axir hamma qatori och o‘tirgan Ergash o‘g‘irlik qo‘zichoqning go‘shtini yemadi-ku. Ha, hammasini hayotga ag‘dara berish tufayli Ergash bularning ko‘ziga baloday ko‘rinadigan bo‘lib qolgan: «Ko‘zimga itdan battar ko‘rinayapti… Yovvoyi…»

Talabalar ichida oddiy qishloq yigiti Ergash o‘zining qat’iy axloqiy qarashlari bilan «yovvoyi» tuyuladi. Sog‘lom aql-idrok esa har vaqt shunday «yovvoyi», «qurbon»lar tarafidadnr. Buning esa o‘ziga yarasha mantiqi, haqiqati bor. Chunki Sh. Xolmirzayevning bu hikoyasida ezgulik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash insonning murakkab ma’naviyati orqali zuhur topadi.

Muallif sog‘lom fikr va mas’uliyatsiz «bayonnoma»lar orasidagi farqni yaxshi biladi. Biroq sog‘lom fikr ko‘p hollarda juda qimmatga tushadi.

Haqiqiy qadriyatlarning chinakam badiiy tahlili tufayli xarakter tobora tozaradi, o‘zini tasdiqlaydi. Odamning yaxshi orzu-umidlari ham ijtimoiy-mafkuraviy tayanchga ega bo‘lishi lozim. Sh. Xolmirzayevning inson muammosi bilan payvandlangan hikoyalari shu fikrlar bilan yo‘g‘rilgandir.

«Guliston» jurnali, 1990 yil, 12-son