Muratxan Shokan (1974)

Muratxan Shokan (Mұratxan Shoqan) 1974 yili Tarbag‘atay viloya­tining To‘la tumani Aqbelli qishlog‘ida tug‘ilgan. Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoir, faylasuf. Olma-otadagi Yoshlar siyosatini rivojlantirish fondining “Adabiyot olami” markazi rahbari. “Yigirmaning yolqini”, “Bahor uchun meni sev”, “Yurakka yukinib”, “Pokiza oqshomlar”, “Oqshom lirikasi” davomi…

Nurmuhammad Niyoziy (1947-2018)

“Ilk mevalar”, “Yashil tosh”, “Urush hidi”, “Ishq shahriga safar” singari she’riy majmualar muallifi. She’rlari qardosh xalqlar tillariga o‘girilgan. Tojikistonning “Sharaf” ordeni bilan taqdirlangan, xalq shoiri. * * * Odamzotni etmabdi hech nom ulug‘, Nomni qilur hamisha iqdom ulug‘. Qay ko‘ngilning davomi…

Nastarin Vosuqiy (1972)

Nastarin Vosuqiy (نسترن وثوقی) – zamonaviy Eron shoiri, modern she’riyatining peshqadam vakillaridan biri. 1972 yil 7 iyulda Tehronda tavallud topgan. Yozish uslubi Niymo Yujish, Ahmad Shamlu, Fo‘rug‘ Farruxzod kabi shoirlar shakllantirgan “she’ri nav”ga yaqin turadi. Badiiy ijoddan tashqari u muntazam davomi…

Rajab Hifziy (1893-1918)

Rajab Hifziy (Recep Hıfzı) Usmonli saltanatining Qars viloyatidagi Qag‘izman tumanida yashab o‘tgan xalq shoiridir. Rajab Tuproqqal’a mahallasidagi madrasada ta’lim oladi, Qur’onxon hofiz bo‘lib yetishadi. O‘zi ham maktab ochib, bolalarni o‘qitadi, imom bo‘lib xizmat qiladi. Ayni paytda oshiqlar, ya’ni baxshilar yo‘lida davomi…

Xorxe Karrera Andrade (1903-1978)

Xorxe Karrera Andrade (Jorge Carrera Andrade) – ekvadorlik shoir, adabiyotshunos, siyosat arbobi. U “Gung hovuz”, “Sukunat marjoni”, “Suv va yerdan payg‘omlar”, “Qushlarning tarjimai holi”, “Yorug‘ derazalar davri”, “Hindiston solnomasi”, “Haydalish kitobi” nomli she’riy to‘plamlar muallifi. Xorxe Karrera Andrade ijodida avangardizmning davomi…

Karlos Fransisko Changmarin (1922-2012)

Karlos Fransisko Changmarin (Carlos Francisco Chang Marín) – shoir, hikoyanavis, rassom va bastakor. She’rlarida sun’iy ohanjamalik o‘rnida soddalikni, soxta dabdabayu balandparvozlik o‘rnida samimiyatni ko‘rasiz. “Fig‘on” (1948), “Moddiy she’r­lar” (1956), “Panama qo‘shiqlari” (1963) va boshqa she’riy kitoblari chop etilgan. Bir necha davomi…