Kim Kvan Uk (XVIII asr)

(XVIII asr, tarjimai holi noma’lum)

* * *

Shu tog‘lar meniki, daryolarim bor,
Sizlar – bugun mening bunda bor-yo‘g‘im,
Men bu kun bu yerda asli hukmdor,
Mening so‘zlarimni bo‘la olur kim?
Mayli, ular meni desinlar baxil,
Sizni hech kimsaga bermayman, axir!

* * *

Qadrimni unutdim, sha’nni unutdim,
Boyligim, naslimni chiqardim yoddan;
Kibrni unutdim, g‘amni unutdim,
Endi tashvishim yo‘q foniy hayotdan;
O‘zimni unutdim o‘zim, saslamang,
Meni izlamanglar, meni eslamang…

Rus tilidan Karim Bahriyev tarjimasi