NATOga a’zo bo‘lishni ko‘zlagan Shvetsiya va Finlyandiya Turkiyaning talablarini bajarishga rozi bo‘ldi

Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi. Mazkur muhim siyosiy tadbir Madriddagi NATO sammiti doirasida, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo va Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ushbu hujjat NATO a’zoligiga intilayotgan davomi…

Ilhom Aliyev: Ozarbayjon va o‘zbek xalqi bir-birini tushunishi uchun tarjimonga hojat yo‘q

Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi davomida qilgan qisqa chiqishi aks etgan videolavha tarqaldi. Unda I.Aliyev ikki qardosh xalq bir-birini anglashi uchun tarjimonga aslo hojat yo‘qligini ta’kidlaydi. “Qardoshim Shavkat Miromonovichning so‘zlarini tushunish uchun tarjimonga hojat bo‘lmadi… davomi…

Toshkentda Jazoir me’morchiligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etildi

Toshkentdagi Fotosuratlar uyida “Jazoirning qadimiy va zamonaviy arxitekturasi” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochildi. Ushbu madaniy loyiha Jazoir xalq demokratik respublikasi mustaqilligining 60 yilligi hamda O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi doirasida amalga oshirildi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston davlat davomi…

Toshkentda Ozarbayjon xalq yozuvchisi Anorning yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ozarbayjon xalq yozuvchisi Anorning “Albatta uchrashamiz” nomli yangi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Turkiy dunyoning taniqli adibi asarlari o‘zbek tiliga asliyatdan atoqli jurnalist va tarjimon, “Guliston” jurnali bosh muharriri Mamatqul Hazratqulov tomonidan o‘girilgan. Tarjimon kitobga katta so‘zboshi ham davomi…

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

Afg‘onistonning Balx viloyati Qaldar tumanida O‘zbekiston tomonidan yo‘llangan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, insonparvarlik yordami o‘z vaqtida ko‘rsatilayotganini ta’kidlagan. Jumladan, tuman rahbari M.Vali O‘zbekistonning davomi…

Qozog‘istonda uchastka komissiyalari referendumga tayyor ekani ma’lum qilindi

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasining majlisida referendum uchastkalarining ovoz berishga tayyorligi haqida ma’lumot berildi, deb xabar beradi “Kazinform” agentligi. “Hamkasblarimizning aytishicha, uchastka komissiyalari ovoz berish kuniga shay. Saylov byulletenlari saylov uchastkalariga yetkazilib, ularning xavfsizligi ta’minlandi”, – dedi MSK raisi Nurlan Abdirov. davomi…