Jek London. Ishonch (hikoya)

Barcha qatnovlar jo‘nab bo‘lgan, «Sietl-4» esa sohildan asta-sekin uzoqlashayotgan edi. Uning palubalari kema va yo‘lovchi yuklari, turli hindular guruhi, itlar va ularning egalari, savdogarlar hamda uyiga qaytayotgan oltin qidiruvchilar bilan to‘lgandi. Dosenning ko‘p sonli odamlari qirg‘oqda saf tortib xayrlashardilar. Zinapoya davomi…

Jasur Kengboyev. Qaltis tanlov qarshisida… (esse)

yoxud tengdoshlarga tasalli Qaysi asrda yashayotganimizni unutmagan holda, bugun oldimizda xuddi so‘yloq tishlarini g‘ichirlatib qayrab, so‘lagini oqizib o‘ljasini kutayotgan bo‘ri misoli pistirmada turgan muqarrar bir fojia haqida so‘z ochishga ahd qildim. Adabiyotda ham fojia bo‘ladimi, dersiz. Bo‘lar ekan, qadrdon, bo‘lar davomi…

Tohir Yo‘ldoshev. Chirmoviq (qissa)

Og‘ir sukunatni mutloq o‘ziga singdirgan qabristonning qo‘rqinchli manzarasi horg‘in nafas olgancha gunohlarga to‘lib-toshgan foniy dunyoni jimgina kuzatib mudraydi. Do‘psaygan qabrlarning u yer-bu yerida bo‘y cho‘zgan yantoq butalari bu sovuq sukunatga bardosh berolmay, yengilgina esgan shabbodaga asta-asta bosh chayqashib, bir-birlarining badanlariga davomi…

Govshutkeldi Danatarov. Cho‘rining kulgisi (hikoya)

Bu tragediya o‘tmishning sarg‘aygan sahifasiga aylanib bo‘lgan allaqachon. Buni menga aytib berganlar dunyodan o‘tib ketishdi. Ularga ham “eskilar” gurung bergan ekan. “Yaxshi adab – yaxshi dab, ota-bobo davrabop” deyishgan donolar. Endi gurung berish navbati kaminaniki. Uni to‘qqiz yoshligida isqirt qo‘lidan davomi…