Baliqlar nima bilan oziqlanadi?

Siz baliq oviga chiqqan paytingizda baliqlar hamma narsani yeyishiga ishonch hosil qilgan bo‘lsangiz kerak. Ammo ular qarmoqqa qo‘yilgan hamma narsani ham yeyavermaydi. Shaharlik bolalar baliqni ko‘pincha qarmoq uchiga qistirilgan non ushoqlari yordamida tutishadi. Qishloq bolalari chuvalchanglardan foydalanishadi. Shohbaliq tutuvchilar chivinni afzal bilishadi. Ilmoqqa qo‘yilgan ayrim baliqchalar boshqa baliqlarga yemish bo‘ladi.

Baliqlarning minglab turi mavjud ekan, ularning har biri nima yeyishini bayon etish iloji yo‘q. Suv tagida hayot uchun kurash nihoyatda keskinligidan baliqlar ovqat tanlab o‘tirmaydi.

Ayrim baliqlar — vegetarian va shu sababdan hech qanday tirik mavjudotni yemaydi, biroq aksariyat baliqlar yirtqichdir, ya’ni boshqa baliqlar va suv hayvonlarini, hasharotlarni yeydi. Ko‘pgina baliqlarning mayda chig‘anoqsimon yoki chig‘anoqli hayvonlarni paqqos tushirishi kishini ajablantiradi.

Garchi baliqlar turli-tuman bo‘lsa-da, baribir ular o‘rtasida bir qancha umumiyliklar mavjud. Masalan, baliqlar cho‘zinchoq, qirrali shaklga ega, bu ularning tez harakat qilishiga imkon yaratadi.

Bir talay baliqlar dumlaridan harakatlantiruvchi vosita sifatida foydalanadi, o‘z harakatlarini esa dumi va suzgichlari yordamida boshqaradi. Ular og‘zidan kelib turadigan suvni mudom o‘tkazib turadigan oyqulog‘i bilan nafas oladi.