O‘tkir Hoshimov (1941-2013)

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov Toshkentning Do‘mbirobod dahasida 1941 yilning 5 avgustida tavallud topgan bo‘lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgan bo‘lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o‘qishga majbur bo‘lgan. davomi…

Xurshid Do‘stmuhammad: “Kitobni anglab, tushunib mutolaa qilish lozim” (2020)

Taniqli yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad va yoshlarning onlayn suhbati – Xurshid aka, “Jajman” hikoyangiz o‘z paytida adabiy jarayonda voqea bo‘lgan edi. O‘ziga xos ramziy uslubda yozilgan bu asarni har bir kitobxon o‘zicha tushundi, o‘zicha idrok qildi. – “Jajman” hikoyasining tug‘ilish tarixi davomi…

Sobir O‘nar: “Mahorat asosiy mezon bo‘lishi kerak” (2019)

Taniqli yozuvchi Sobir O‘nar bilan munaqqid Jovli Xushboq suhbati Jovli Xushboq: – Bugungi ijodiy jarayon xu­susida so‘z ketganda, nasrda talay muammolar to‘planib qolganligidan so‘zlaydilar. Eng muhimi, mahorat, iste’dod va iste’dodsizlik haqidagi bahslar hamon kun tartibidan tushgan emas. Shu jihatdan olganda davomi…

Ibrohim G‘afurov. Aytmatov faryodi

Ikkinchi jahon urushi boshlangan va mahallamiz klubidagi tomga o‘rnatilgan qora lappakka o‘xshagan, doim — erta-yu kech ashulalar, kontsertlar berib yotadigan radiokarnaydan Molotov, Stalinlarning xirqiroq murojaatlari yuraklar va quloqlarga urushning dag‘dag‘ali vahimalarini olib kirgandan so‘ng bizning bog‘u bog‘chalarimizda, ulkan daraxtlar shoxidagi davomi…

Sarvinoz Sotiboldiyeva. Arabshunos tadqiqotchi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Sharq tillari” kafedrasining arab tili o‘qituvchisi Murtazo Saydumarov 2019 yil 7–8 dekabr kunlari o‘tkazilgan Qatar poytaxti Doha shahrida “Tarjima va madaniyatlararo munosabatlar muammolari” VI Xalqaro konferentsiyasida ishtirok etdi va Shayx davomi…

Davronbek Tojialiyev. Milliy ma’lumot makoni manzaralari (2022)

Maqsadu maslak Men o‘zbek internet makonida ilk imorat qurganlardanman desam, o‘quvchilar maqtanchoqlikka yo‘ymasinlar. 2000-yillarning avvalida ko‘pchilik internet taraqqiyotini bu kunlardek tasavvur qilmas edi. Tarmoq narxi juda qimmatligi bois O‘zbekistonda internetdan foydalanish kam sonli kishilargagina nasib qilgan zavqli mashg‘ulot edi. Butunjahon davomi…