Xurshid Do‘stmuhammad: “Kitobni anglab, tushunib mutolaa qilish lozim” (2020)

Taniqli yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad va yoshlarning onlayn suhbati – Xurshid aka, “Jajman” hikoyangiz o‘z paytida adabiy jarayonda voqea bo‘lgan edi. O‘ziga xos ramziy uslubda yozilgan bu asarni har bir kitobxon o‘zicha tushundi, o‘zicha idrok qildi. – “Jajman” hikoyasining tug‘ilish tarixi davomi…

Qulman Ochilov. Bog‘ sayri (hikoya)

Yurak xastaliklari bo‘limidan “terapiya” tomon o‘tib borayotgan Eshdavlatovni kimdir chaqirganday bo‘ldi. To‘xtadi. Malol keldi. Tibbiyot ahlining dalolat qilishicha, ikki kuragining o‘rtasidan “tuz koni ochilgan”. Ana kashfiyot! Ellik yildan beri qo‘li qalamdan og‘ir narsa ko‘tarmagan zahmatkash muharrirning xo‘kkaygan yelkasiga tuz emas, davomi…

Orziqul Ergash. Yaxshi odamlar yoxud ijod dardi

Yo‘l yamonu yaxshisidan yema g‘am, Bismilloh, degilu qo‘yg‘il qadam. Alisher Navoiy She’rga, adabiyotga qachon ishqim tushib, qachondan qog‘oz tirnay boshlaganim yodimda yo‘q. Lekin shunisi aniq esimdaki, shoirlik havasiga esh bo‘lib Toshkentda o‘qish «qarori» ham yuragimga qattiq o‘rnashgan edi. To‘qqizinchi sinfdaligimda davomi…

Ulug‘bek Usmonov. Frantsuz adabiyotida­ sharq talqini

 (Amin Maalufning “Samarqand” romani misolida) Tarjimonlarni turli ellar o‘rtasidagi oltin ko‘prikka qiyos etadilar. Yurtimizda tarjimashunoslik maktabi asosan XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangani yaxshi ma’lum. Tarjimashunoslik ilmining rivojlanishida G‘aybulla Salomov, Najmiddin Komilov, Qudrat Musayev, Jumaniyoz Sharipov kabi atoqli olimlarning salmoqli xizmatlari davomi…

Shahlo Hojiyeva. Cho‘lpon va jahon adabiy-estetik tafakkuri

Fenomenal iste’dodlar ijodining ta’sirlanish hududini faqat u yashagan zamon, qadami yetgan makon, shuningdek, tilning tushunarlilik omillari bilan chegaralash maqsadga muvofiq emas. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida jahonda shunday adabiy yuksalish sodir bo‘ldiki, uning sabablarini o‘zaro adabiy ta’sirlardan davomi…