Mirpo‘lat Mirzo. Bosh muharrir (2009)

Asosiy faoliyati dorilfunun bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotshunos olimning mamlakatimizdagi yangi tashkil etilgan nufuzli jurnallardan biriga Bosh muharrir etib tayinlanishi dastlab ayrimlarni ajablantirgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin jurnal nashr etila boshlab, adabiy jamoatchilikning va muxlislarning e’tiborini qozongach, Bosh muharrir “uzukka ko‘z davomi…

Ahmad A’zam. Buzuq til havosi

Men vaqti-vaqti bilan lug‘at varaqlashni xush ko‘raman. Eng yaxshi ko‘rganim ellik to‘qqizinchi yili chiqqan «O‘zbekcha-ruscha lug‘at» edi, uni roman yo qissa o‘qigandek berilib o‘qiyman. So‘zlar ohanrabodek o‘ziga tortadi. Ellik yil oldin odamlar qanaqa gaplashgan, tilimizning ahvoli qanday bo‘lgan, buguni bilan davomi…

Naim Karimov. Cho‘lponning tiniq olami (adabiyotshunos Bahodir Karimga javob) (2009)

Salom, Bahodirjon!Sizning 10 aprel kuni sevimli gazetamiz orqali yo‘llagan xatingizga kechikib javob yozayotganim uchun uzr. Rostini aytsam, javob yozmoqchi emasdim. Negaki, xatingizda ko‘tarilgan masala bugungi cho‘lponshunoslik uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmaganidek, Sizning o‘z fikringizda qolganingiz ham “tiniqlashayotgan cho‘lponshunoslik” bilan uyg‘un davomi…

Abdurahmon Akbar. Ko‘ngillarga sevinch ulashib (2009)

Samimiy, chin dildan yozilgan o‘tli, purhikmat asarlarni o‘qib, dunyoning rang-barangligiga, so‘zning mo‘jizaviy kuchiga imon keltirasan kishi. Shoirlarning fikr va tuyg‘u uyg‘unligida yaratgan quyma satrlari ularning ma’naviy dunyosi naqadar keng, tafakkur olami chegara bilmasligini namoyon etadi.She’r, avvalo, iste’dod mahsuli. Tom ma’nodagi davomi…

Nosirjon Jo‘rayev. Doktor Bernning qayg‘usi (2009)

Quyidagi mo‘jazgina maqolani tarjima qilib bo‘ldim-u, Bern janoblari1 qilarga ish topolmay, azbaroyi bekorchilikdan ertaklarni g‘alvirdan o‘tkazibdilar-da, deya o‘ylab qoldim. Axir, har bir xalqning ertaklari ming yillar avval to‘qilib, og‘izdan-og‘izga o‘tib yashab keladi. Undagi qahramonlar, afsonaviy hodisalar millatning qon-qoniga singib ketadi. davomi…