Saidmurod Rasuliy

VATAN TARONASI

Umidu iftixorimiz
Shukuhu e’tiborimiz.
Quvvatu iqtidorimiz
Vatan o‘zing, vatan o‘zing!

O‘xshashi yo‘q ajib diyor,
Jondan aziz dilxush, dildor.
Shodligim boisi takror
Vatan o‘zing, vatan o‘zing!

Tinchlik diyori – hur makon,
Dardimizga o‘zing darmon.
Qalbimdasan har lahza, on
Vatan o‘zing, vatan o‘zing!

Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi