Turar Qo‘jamberdiyev (1941-1989)

Turar Qo‘jamberdiyev (Turar Kojomberdiyev) 1941 yili Kalinin tumanining Saribuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Qirg‘iz davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1966). “Qirg‘iziston pioneri” gazetasida adabiy xodim, “Qirg‘iziston” nashriyotida muharrir, Qirg‘iziston Madaniyat vazirligida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Ilk she’ri 1959 yili “Muallimlar gazetasi”da chop etilgan. davomi…

Salima Sharipova (1950)

Salima Sharipova 1950 yil 24 avgustda Bozorqo‘rg‘on tumani, Qizilsuv qishlog‘ida tug‘ilgan. 1983 yildan ijod qiladi. Ilk asari «Komsomolets Kirgizii»da chiqqan. Istiqlol yillarida «O‘sh» almanaxiga muharrirlik qilib, qirg‘iz va o‘zbek ijodkorlari asarlarini chop etgan. Qirg‘izcha, o‘zbekcha, ruscha, tojikcha kitoblari bor. 1996 davomi…

Mayramxon Abilqosimova (1936)

Mayramxon Abilqosimova (Mayramkan Abыlkasыmova) – qirg‘iz shoirasi, Qirg‘iziston xalq shoiri (1980). 1936 yil 7 noyabrda Chuy viloyatining Almaluu qishlog‘ida tug‘ilgan. Qirg‘iziston ayollar pedagogika institutini tamomlagan (1958). Ilk kitobi 1961 yili “Kichkintoy do‘stlarga” nomi bilan chop etilgan. “Haykal so‘ylaydi” (1962) poemasi davomi…

Aliqul Usmonov (1915-1950)

Aliqul Usmonov (Alыkul Osmonov) 1915 yili Chuyning Qaptalariq qishlog‘ida tavallud topgan. Ota-onasidan erta judo bo‘lib, bolalar uyidatarbiyalangan. Pedtexnikumda o‘qib yurganida she’r yozishni boshlagan. Keyin gazeta-jurnallarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlagan. Ilk kitobi 1936 yili «Tong o‘ylari» nomi bilan bosilib chiqqan. O‘nga yaqin davomi…

Anatoy O‘murqonov (1945)

Anatoy O‘murqonov (Anatay Өmүrkanov) 1945 yili Talas viloyatining Manas tumanida tug‘ilgan. 1966 yili Qirg‘iz davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1971 yildan «Sovettik Kыrgыzstan» gazetasida muxbir, bo‘lim boshlig‘i, 1986 yildan «Kыrgыzstan» nashriyotida bo‘lim boshlig‘i, 1988–2000-yillarda «Adabiyat» nashriyoti bosh muharriri bo‘lgan. Anatoy davomi…

Ramis Risqulov (1934)

Ramis Risqulov (Ramis Rыskulov) 1934 yili Chuy viloyatida tug‘ilgan. 1951 yili Frunze pedagogika bilim yurtini, 1959 yili Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tamomlagan. «Kыrgыzstan pioneri», «Leninchil jash», «Ala-Too» nashrlarida ishlagan. Ilk she’riy to‘plami «Bahor» nomi bilan 1959 yili chop davomi…

Marqaboy Amatov (1953)

Marqaboy Amatov (Markabay Aamatov) 1953 yili Kara-Kulja tumanida tug‘ilgan. 1972–1975-yillari O‘sh davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. 1981–87-yillari Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasining badiiy adabiyot byurosida xizmatchi, 1987–1996-yillarda direktor bo‘lib ishlagan. 2007 yildan Qirg‘iziston Respublikasi davlat patent xizmatida ishlaydi. davomi…

Oltinbek Ismoilov (1982)

Oltinbek Ismoilov (Altыnbek Ismailov) 1982 yil 1 yanvarda Qirg‘izistonning O‘zgan tumani Ko‘lduk ovulida tug‘ilgan. Bishkekdagi Qirg‘iz-Turk Manas universitetining turkologiya fakultetini bitirgan (2005). Qirg‘iziston yozuvchilar uyushmasi a’zosi (2006). Yevrosiyo yozuvchilar uyushmasining Qirg‘izistondagi vakili (2007). Joldoshbay Abdыkalыkov nomidagi Qirg‘iziston adabiy mukofotining laureati davomi…


Maqolalar mundarijasi