Akva Lalua (1904-1950)

Akva Lalua (Aqua Laluah) – gana shoirasi. Amerikada, advokat xonadonida tug‘ilgan. Angliyada o‘qigan. Fritaunda ayollar maktabida ta’lim bergan. Ingliz tilida ijod qilgan.

XIZMATKOR AYoL

Tovusday bezanib, yarqirab tamom,
Patnischada olib keldi u taom.

So‘ng xushbo‘y hidlarni taratib, yoyib,
Qovurma keltirdi – baliq, ajoyib!

Yana ketib, yana keltirdi besas,
Banandan sirqilgan shirin musallas.

Shunda… kim aytadi, kim bilar, qani,
Ko‘zlari nima deb gapirganini?!

Nazokat Jumamurodova tarjimasi