O‘zbekiston hududida hukmronlik qilgan sulolalar va hukmdorlar

Qadimgi Xorazm davlati (qadimgi davrdan XIII asr o‘rtalarigacha) (siyovushiylar, afrig‘iylar, ma’muniylar, oltintoshular, anushteginiylar) Qadimgi xorazmshohlar (siyovushiylar) ● Kayxusrav (taxminan mil. avv. 1200-1140) ● Saksafar (taxminan mil. avv. 519-517) ● Farasman (taxminan mil. avv. 329-320) ● Xusrav (taxminan mil. avv. 320) davomi…

To‘maris

(mil. avv. VI asr) Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil. avv. V asr) asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. avv. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, To‘maris massagetlar qabilasining davomi…

Farasman

(mil. avv. IV asr) Siyovushiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm podshosi (mil. avv. IV asr). Farasman haqida uzuq-yuluq ma’lumotlar saqlanib qolgan. Mil. avv. 328 yil Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurish chog‘ida Farasman 1500 kishilik otliq qo‘shini bilan Aleksandrning qarorgohi joylashgan Baqtra shahriga davomi…

Afrig‘

Ofrig‘ (IV asr) Milodiy IV asr boshida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh, afrig‘iylar sulolasi asoschisi. Qadimgi Xorazmdagi ko‘plab qal’alarning bunyod etilishi Afrig‘ nomi bilan bog‘liq. 305 yilda xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qal’asi ichida shoh davomi…

Nuh ibn Asad

(? – 842) (819-842) Somoniylardan bo‘lgan Samarqand hokimi. Tohiriylardan Abdulla ibn Tohir bilan birga xalifalikdan mustaqil siyosat yurgazishga intilgan, Istaxriy va Ibn Havqallarning yozishicha, xalifa Mu’tasim (833-842) bundan norozi bo‘lib Abdulla ibn Tohirga noma yuborib, uni koyigan. Abdulla bu xatni davomi…

Ahmad ibn Asad

(?-865) (842-864) 817 yildan Farg‘ona va 842 yildan Samarqand amiri bo‘lgan. Somonxudotning nabirasi. Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni paytida Ahmad ibn Asad o‘z birodarlari Nuh, Yahyo va Ilyoslar bilan Sug‘dda qo‘zg‘olonni bostirishda xalifalikka katta yordam bergan. Buning evaziga xalifa Ma’munning ko‘rsatmasiga davomi…

Nasr ibn Ahmad

Nasr I ibn Asad Somoniy (taxm. 848-893) (865-892) O‘zbek davlatchiligidagi somoniylar sulolasining boshlig‘i, Samarqand hokimi (865-892). Somoniylar davlati hukmdori. Nasr ibn Ahmad Norin daryosi bo‘yidagi Haylam qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Ahmad vafotidan (865 yil) keyin u Samarqandni markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, davomi…

Ismoil Somoniy

Ismoil ibn Ahmad Somoniy (849 yil, Farg‘ona – 907 yil, Buxoro) (874-907) O‘zbek davlatchiligi tizimida hukmronlik qilgan somoniylar sulolasining yirik vakili. Unga “amiri-moziy” – “dunyodan o‘tgan amir” degan laqabni berganlar. Abbosiy xalifa Mu’tamid (870-892) Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirishda yordam davomi…

Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy

(? – 914) (907-914) Movarounnahrda hukmronlik qilgan somoniylar amiri. Amiri shahid. Uning davrida bir qancha qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Xususan amakisi Is’hoq ibn Ahmad Samarqandda, Ray va Seyiston hokimlari isyon ko‘tardilar. Bu isyonlar shafqatsizlik bilan bostirildi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi. davomi…

Nasr ibn Ahmad

Nasr II ibn Ismoil Somoniy, Amiri Sa’id (Saodatlik) (taxminan 906-943) (914-943) Somoniylar davlati hukmdori. Davlatni 8 yoshli Nasr ibn Ahmad nomidan vazir Jayhoniy boshqargan. Uning davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu davomi…


Maqolalar mundarijasi