2022 yili yo‘qotganlarimiz

Yakuniga yetayotgan 2022 yil O‘zbekiston ilm, fani va madaniyati bir qator darg‘alaridan ayrildi. Ziyouz.uz portali ushbu yilda vafot etgan o‘zbekistonlik davlat va jamoat arboblari, ziyolilarni xotirlaydi.

Adabiyotshunos olim, professor Umarali Normatov (1931-2022)

Umarali Normatov (1931.3.1, Beshariq tumani — 2022.1.29, Toshkent) — adabiyotshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981), filologiya fanlari doktori (1978), professor (1979). Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1957).

O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol (1938-2022)

Jamol Kamol (Kamolov Jamol; 1938.26.4, Shofirkon tumani — 2022.27.09, Toshkent shahri) — O‘zbekiston xalq shoiri (1992). Buxoro pedagogika institining filologiya fakultetini tugatgan (1959). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limida mas’ul kotib (1970—72), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant va ilmiy xodim (1972—86) bo‘lib ishlagan.

Akademik Baxtiyor Nazarov (1945-2022)

Baxtiyor Nazarov (1945.17.9, Toshkent — 2022.18.01, Toshkent) — adabiyotshunos olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). ToshDUni tugatgan (1966).

Taniqli adabiyotshunos Ibrohim Haqqul (1949-2022)

Ibrohim Haqqul 1949 yil 28 martda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Talija qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan (1970).

Taniqli dramaturg Sharof Boshbekov (1951-2022)

Iste’dodli dramaturg Sharof Boshbekov 1951 yili Samarqandda dunyoga kelgan. U «Tushov uzgan tulporlar» (1983) hamda «Eshik qoqqan kim?» (1987) kabi komediya, «Qasosli dunyo» qisqa metrajli film stsenariysini yozdi. Shuningdek, «Eski shahar gavroshlari» (1988), «Temir xotin» (1989) kabi jiddiy komediyalarni, «Taqdir eshigi» dramasini yaratdi.

Yozuvchi Sobir O‘nar (1964-2022)

Sobir O‘nar 1964 yil 25 fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Quvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1986).

Shuningdek, 2022 yili vafot etganlar:

Akademiklar 

Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi sohasida dunyoga tanilgan olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Abdumavlon Abdullayev (1930-2022)

Kimyo-texnologiya sohasidagi yirik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Saydiahrol To‘xtayev (1942-2022)

Tarix, arxeologiya va san’atshunoslik sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Edvard Rtveladze (1942-2022)

Taniqli shifokor olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Turg‘unpo‘lat Daminov (1941-2022)

Olimlar

filologiya fanlari doktori, professor Hamdam Abdullayev (1939-2022)
filologiya fanlari doktori, professor No‘mon Rahimjonov (1944-2022)
kimyo fanlari doktori, professor Hasan Sharipov (1947-2022)
pedagogika fanlari doktori, professor Rustam Akramov (1948-2022)
tibbiyot fanlari doktori, professor Saydig‘anixo‘ja Ismoilov (1948-2022)
filologiya fanlari doktori, professor Karimboy Quramboyev (1949-2022)
biologiya fanlari doktori, professor Sanjar Sherimbetov (1983-2022)

Ijodkorlar

Haydar Muhammad (1936-2022) 
Dilbar Mahmudova (1936-2022)
Axbor Imomxo‘jayev (1936-2022)
Iskandar Rahmon (1937-2022)
Nilufar Alixonova (1940-2022)
Soyim Ishoq (1941-2022)
Komil Avaz (1942-2022) 
Jo‘ra Mahmudov (1942-2022)
Abdug‘ani Abduvaliyev (1942-2022)
O‘sarboy Alavov (1945-2022)
Yoqubjon Xo‘jamberdiyev (1947-2022) 
Jalg‘as Xushniyazov (1947-2022)
Abdumutal Abdullayev (1949-2022)
Abdunazar Poyonov (1949-2022)
Ahmad Xo‘ja (1952-2022) 
Turob Yusuf (1954-2022) 
Ismoil Ollaberganov (1957-2022)
Shoyim Shernazar (1958-2022) 
Dilmurod Jabbor (1958-2022)
Farog‘at Kamolova (1959-2022) 
Zarif Sultoniy (1972-2022)
Farhod Mahmudov (1973-2022)
Obidxon Mamadaliyev (1988-2022) 

 

Yana ko‘ring: 

2021 yili yo‘qotganlarimiz
2020 yili yo‘qotganlarimiz
2019 yili yo‘qotganlarimiz
2018 yili yo‘qotganlarimiz
2017 yili yo‘qotganlarimiz
2016 yili yo‘qotganlarimiz
2015 yili yo‘qotganlarimiz