Boybo‘ta Do‘stqorayev (1941-2021)

Taniqli olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori Boybo‘ta Do‘stqorayev 1941 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1969 yildan ish boshlagan. Umrining so‘nggi yillarida davomi…

Ahmad Muhammad Tursun (1949-2021)

Ahmad Muhammad Tursun (Tursunov Ahmad Mamajonovich) 1949 yili Namangan shahrida tug‘ilgan. 1979 yili Namangan davlat universitetini tamomlagan. 1967 yildan buyon matbuotda faoliyat olib boradi: «Namangan haqiqati» gazetasida turli vazifalarda, «Namangan atlasi», «Irfon», «Tarjimon», «Suhbatdosh», «Hayrat» gazetalari bosh muharriri bo‘lib ishlagan. davomi…

Amir Fayzulla (1945-2020)

Amir Fayzulla 1945 yil 15 yanvarda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi – hindshunos. U 1967–1971 yillari G‘allaorol tumanidagi maktablarda o‘qituvchi, 1971–1975 yillari G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1975–1990 yillari “Progress” nashriyotida bo‘lim mudiri, davomi…

Saydi Umirov (1938-2020)

Adabiyotshunos olim, munaqqid, O‘zbekiston yozuvchilar, jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” mukofoti sovrindori Saydi Umirov 1938 yil 10 fevralda Samarqand viloyati Payariq tumani Jo‘raboy qishlog‘ida tug‘ilgan. U Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Saydi Umirov davomi…