Sabohaddin Ali. G‘ozlar (hikoya)

Dudu qo‘lida maktub bilan shoshilgancha muallimining uyiga bordi. – Shuni o‘qib ko‘ring, oling, – dedi hovliqib, – Sayid jo‘natibdi! Qishloqda bekorchilikdan zerikkan muallim Duduning iyagi ostidan to‘g‘ri ochiq ko‘ksiga ko‘z tashladi. Ayolning oppoq badaniga kiyimi yengilgina soya solgan tasvir muallimni davomi…

Samim Ko‘jago‘z. Botqoqlik (hikoya)

Yusuf titroq qo‘llari bilan butazorni oraladi. Ko‘zlarini goh yumib, goh ochib daryoning ikkala qirg‘og‘ini ham suzib o‘tdi. Botqoqlik ko‘rindi, unda yig‘ilgan loyqa suv tutashgan daryo yarim orol shaklini eslatardi. Botqoqlikda to‘shalib yotgan qum zarralari oftob nurida tovlanib yaltirardi. Yusuf atrofga davomi…

Sabohaddin Ali. Ayron (hikoya)

Qishloqdan vokzalgacha bo‘lgan yo‘l erigan qor tufayli tizzagacha loy edi. Ikki quloch uzunligida yuksalgan quyosh dalalarni qoplagan qorlar ustida porlab ko‘zni qamashtirardi. Ammo yo‘ldagi loyqa ko‘lmaklarga tushganda noxush sariq rangda akslanardi. Tagiga mix qoqilgan, o‘ziga ancha katta tuflisini paypoqsiz kiyib davomi…

O‘g‘uz Atay. Unutilgan (hikoya)

– Men chordoqdaman, azizim! – deya baqirdi pastga qarab: – Eski kitoblar hozir ancha qimmatlashib qolgan. Shunga bir qarayotgandim… “Oxirgi so‘zlarimni eshitdimikin?” – U yer qorong‘i, shoshma, senga fonar beraman. – Yaxshi. Sokin bir kun. “Kimdir butun umrimni izzat-e’tibor qidirish davomi…

Dovud G‘oziy Benli. Bu yo‘llar… (hikoya)

– Azizam, buncha shoshmasang. Bugun bo‘lmasa ertaga boramiz, – deb xotinimni niyatidan qaytarmoqchi bo‘laman. Ammo u oyoq tirab turib olgan. – Boramiz, dedimmi, boramiz, tamom. – Yana ozgina chidagin, yozda Turkiyadan olib kelamiz, uch-to‘rt oy o‘tadi-ketadi. Hozir Farg‘onadan yo‘lga chiq, davomi…

Jemil Merich. So‘zlar abadiy, so‘zlar o‘tkinchi…

Falsafa, til, adabiyot, tarix va madaniyat bilan bog‘liq o‘nlab asarlar muallifi, usta tarjimon Huseyin Jemil Merich 1916 yilda Turkiyaning Rayhonli tumanida dunyoga kelgan. Boshlang‘ich ta’limni o‘z qishlog‘ida tamomlagan. O‘rta ta’limni fransuz tiliga ixtisoslashgan Antakya Sultoniy maktabida olgan. Shundan keyin Istanbul davomi…

Rafiq Xolid Qoray. Yamoqchi (hikoya)

Kema sohildan uzoqlashib Marmar dengizi tomon yoʻl olganida yoʻlovchilarni kuzatishga chiqqanlar ustlaridan og‘ir yuk tushganday yengilladilar: — Bechora… Arabistonda yoʻlini topib ketarmikin… — dedilar Hasanni kuzatishga kelgan ayollar, qattiq qayg‘urayotganiga bir-birlarini ishontirmoqchiday yasama ohangda. Kelganlar mahzun bir kayfiyatda uylariga qaytdilar. davomi…

Tariq Bug‘ro. O‘g‘limiz (hikoya)

Xotinim g‘ira-shira ko‘rina boshlagan deraza tokchasi oldida o‘tirardi. Butun kechani o‘sha joyda o‘tkazibdi, bechora. “Sen, shu paytgacha yotmadingmi?” -dedim. Qaddini rostladi. Kul rang deraza tokchasi yonida bor-yo‘g‘i bir ko‘lankadan iboratdek ko‘rinardi. Ammo bu ko‘lankada birga o‘tkazgan yigirma yildan ortiqroq umrimizning davomi…

Aziz Nesin. Masxaraboz (hikoya)

Bemor doktorga o‘z dardini to‘kibdi: — Doktorbey, tobim yo‘q. Hayotdan zavq ololmayapman. Iztiroblarimni unutolmay qiynalyapman. Ishtaham yo‘q. Tomog‘imdan qil o‘tmaydi. Ko‘z oldimdan och-yalang‘och insonlar ketmaydigan bo‘ldi. Tonggacha uxlolmay ular bilan birga sovqotib chiqaman. Jinoyat haqidagi xabarlarni o‘qiganda o‘sha jinoyatda mening davomi…