Ahmad Shimshirgil. Amir Temur

MUALLIF SO‘ZBOShISI 1989 yil. O‘shanda Arzirumdagi Otaturk universiteti adabiyot fakultetining tarix bo‘limida birinchi bosqich talabasi edim. Saljuqiylar tarixining taniqli bilimdonlaridan M.Oltoy Ko‘yman Anqaradan kelib bizga dars o‘tar, bir oylik saboqni bir haftada berib, boshkentga qaytib ketardi. Birinchi darsida so‘zlaganlari, ayniqsa, davomi…

Shayxzoda Babich (1895-1919)

Shayxzoda Babich (Shәexzadә Mөxәmmәtzәkir ulы Babich) Ufa viloyatidagi Bo‘ri tumanida mulla oilasida tug‘ilgan. O‘n besh yoshigacha otasining madrasasida, so‘ng Ufadagi Oliya mad­rasasida tahsil oladi. She’rlar yozadi, folklor asarlarini to‘playdi. 1917 yilda Orenburgdagi “Qarmoq” gazetasida ish boshlaydi. So‘ngra milliy ozodlik harakatiga davomi…

Abdurrahim Karakoch (1932-2012)

Atoqli turk shoirlaridan biri Abdurrahim Karakoch (Abdurrahim Karakoç) 1932 yilning aprelida Turkiyaning Qahramonmarash viloyatiga qarashli Elbiston tumanida tug‘ildi. Muallif ilk she’rlarini ikki kitob holida nashrga tayyorlaydi biroq she’rlari o‘ziga yoqmay kitobini yoqib yuboradi. Keyinroq yozgan she’rlarini to‘plab “Hasanga maktublar” nomi davomi…

Muqag‘ali Maqatayev (1931-1976)

Muqag‘ali Maqatayev (Mұqag‘ali Sүleymenұlы Maqatayev) Olmaota viloyati Norinko‘l tumanidagi “Qorasoz” manzilida tavallud topgan. M.Maqatayev qisqa ijodiy faoliyati davrida qozoq she’riyatida inqilob qilgan novator shoir sanaladi. U badiiy tarjima sohasida ham katta ishlar qildi. Jumladan, Dantening “Ilohiy komediya”sini, V. Shekspirning sonetlarini, davomi…

Ramiz Askar (1954-2024)

Ramiz Askar (Ramiz Əskər) 1954 yilda Omosiya tumanining Krrachanta qishlog‘tsda tug‘ilgan. Qorachanta litseyini tamomlagach, 1972 yilda Boku Davlat universitetiga kirgan, 1975 yilda Moskva Davlat universitetiga utkazilib, uni 1978 yilda tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1978 yildan Ozarbayjon radiosida boshlagan. So‘ngra “Bugungi Ozarbayjon” davomi…

Sobir Rustamxonli (1946)

Shoir, publitsist, olim va jamoat arbobi Sobir Rustamxonli (Sabir Rüstəmxanlı) 1946 yilda Yordamli tumanining Hamarkent qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirgach, Boku Davlat universitetining filologiya bo‘limida o‘qigan. “Qishloq yo‘li” degan ilk she’ri 1964 yilda “Ozarbayjon yoshlari” gazetasida bosilgan. “Adabiyot va injasan’at” gazetasida, davomi…

Qachay Ko‘charli (1936-2015)

Shirinov Qachay Farmon o‘g‘li (Qaçay Köçərli) 1936 yilda Tartar tumanining Ko‘charli qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, armiya safida xizmat qilgan, keyin neft konida operator, chilangar bo‘lib ishlagan. 1966 yilda Politexnika institutini, 1976 yilda universitetning filologiya fakultetini sirtdan bitirgan. Texnika maktabida davomi…

Baxtiyor Vahobzoda (1925-2008)

Ozarboyjon xalq shoiri, taniqli olim Baxtiyor Vahobzoda (Bəxtiyar Mahmud oğlu Vahabzadə) 1925 yil 16 avgustda Ozarboyjonning Sheki shahrida tug‘ilgan. Boku Davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. Samad Vurg‘unning ijodiy faoliyati tahliliga bag‘ishlangan nomzodlik ishini 1951 yilda, doktorlik ilmiy ishini esa 1964 davomi…

Qosim Qosimzoda (1933-1993)

Taniqli shoir va adabiyotshunos olim Qosim Qosimzoda Xonsuvor o‘g‘li (Qasım Qasımzadə) Kubadlidagi Xo‘jamsaxli qishlog‘ida tug‘ilgan. Bokuda universitetni bitirgach, adabiy-ijtimoiy gazeta va jurnallarda, Adabiyot institutida ishlagan, “Adabiyot va injasan’at” gazetasining Bosh muharriri bo‘lgan. She’riy va ilmiy asarlari bilan zamonaviy adabiyotning rivojiga davomi…

Muhammad Hodiy (1879-1920)

Muhammad Hodiy (Məhəmməd Hadi) XX asr boshlaridagi eng kuchli shoirlardan biri. Uning ijodida Sharq va G‘arb madaniyatining, she’riyatining eng yuksak an’analari, yangiliklari mujassamlashgandir. Hodiy 1879 yilda Shamaxida, savdogar oilasida tug‘ilgan. Maktab tahsili davridayoq arab, fors, rus tillarini yaxshi o‘rgangan. Shoir davomi…