Ahmad Javod (1892-1937)

Ahmad Javod (Əhməd Cavad) Ozarboyjonning atoqli shoirlaridan. Ganja yaqinidagi Sayfali qishlog‘ida, ziyoli oilada tug‘ilgan. Arab, fors, rus tillarini o‘rgangan. Madrasani bitirgach, Istanbulga ketadi. 1912 yilda Bolqon urushida, Qafqaz ko‘ngillilari qo‘shini safida Trakya jabhasida janglarda qatnashadi. Keyin Ganjaga qaytadi, Botumida o‘qituvchilik davomi…

Xalil Rizo (1932-1994)

Xalil Rizo Uluturk (Xəlil Rza Ulutürk) Ozarboyjon xalq shoiri, atoqli millatparvar shoir, mohir tarjimon, Ozarboyjon-o‘zbsk adabiy aloqalariga ulkan hissa qo‘shgan olim. Salyan tumanida tug‘ilgan, o‘rta maktabni, so‘ngra Boku Davlat universiteti filologiya fakultetini bitirgan (1954). Matbuotda ishlagan, Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti davomi…

Aliakbar Sobir (1862-1911)

Sobir (taxallusi; asl ism-sharifi Mirza Alekper Toirzoda – Mirzə Ələkbər Sabir) [1862. 19(31).5, Shemaxa sh. 1911.12(25).7] ozarbayjon shoiri. Shoir Sayd Azim Shirvoniy ochgan yangi usul maktabida o‘qib, uning ta’sirida she’rlar yoza boshlagan. Ijodining dastlabki davrida ishqiy g‘azallar yozgan. 1906 yilda davomi…

Elchin Iskandarzoda (1964)

Elchin Iskandarzoda (Elçin İsgəndərzadə) 1964 yil 16 sentyabrda Ozarbayjonning Shusha shahrida tug‘ilgan. 1986 yilda Ozarbayjon Texnika universitetining Mexanika fakultetini imtiyozli tugatgan. U Texnika fanlari doktori, professor. Xalqaro Eko-energiya akademiyasi (2000), Nyu-York fanlar akademiyasi (2002), Kavkaz xalqlari fanlar akademiyasi (2003), Rossiya davomi…