Halima Xudoyberdiyeva. «Eng qora ish, eng toza ish – bizning ishimiz» (2011)

Bolalik yillarimni eslaganimda olmazor hovlimiz ayvoni oldida uzun qilib tortilgan patgilamning o‘rmagi ko‘z oldimga keladi. O‘rmakning kuzuvini onam bog‘lar, (odatda kuzuvni asosan kayvonilar, ishining ustasi bo‘lgan chevarlar bog‘laydi) biz uning turini (o‘rmak iplari) yugurardik.Keyin onam “Bismillahir rohmanir rohiym” deb ot davomi…

Jovli Xushboq. Toshkentda oyoqqa turgan adib

Rossiyalik adiblar orasida to‘rtinchi bo‘lib xalqaro Nobel mukofotini olish nasib etgan yozuvchi Aleksandr Isayevich Soljenitsin edi. Ellik ikki yoshli adibga 1970 yili bu nufuzli mukofotni berishganida uning ism-sharifi to‘g‘risida “Rossiya-Amerika fuqarosi”, deb yozilgandi. Nobel ma’ruzasida yozuvchi shunday so‘zlarni aytishdan hayiqmadi:“Bu davomi…

“Ziyo istagan qalblar” tanloviga marhamat!

Bundan roppa-rosa 10 yil avval www.ziyouz.com ilk bor internet olamiga kirib kelgan edi.“Ziyo istagan qalblar”ning 10 yilligi munosabati bilan kichik tanlov e’lon qilamiz.Tanlov www.ziyouz.com ga bag‘ishlanadi. Siz portal haqida maqola, fikr, xotira, she’r, tabrik, rolik, rasm, kollaj, qo‘yingki, qo‘lingizdan nima davomi…

Ibrohim G‘afurov: “Kitobsiz yashab bo‘ladi, ammo bu yashash yovvoyi yashash bo‘ladi” (2011)

Har qanday g‘oya o‘z fidoiylari bilan tirikdir. Ana shu fidoiylikning nechog‘ligi g‘oya umrini belgilaydi. Bu aqida bevosita adabiyotga ham tegishlidir. Shu ma’noda hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, adabiyotshunos, munaqqid va tarjimon Ibrohim G‘afurov adabiyotning tom ma’nodagi fidoiylaridan biridir. U tufayli davomi…

Erkin A’zam deydiki…

Yo‘ldagi odamni (yozuvchini) shakllanib bo‘lgan, ya’ni manziliga yetgan deyish mumkinmi, ayting? Hayot uni yo‘nib, toblantirib, chiniqtirib borishi tabiiy hol. Biroq yo‘nilaverib, sip-silliq bo‘lib qolmoqdan saqlanish lozim. Unday odamning qalamidan chiqqan narsalar ham o‘ziga o‘xshab sip-silliq bo‘ladiki, adabiyotga buning sira darkori davomi…