Sirojiddin Sayyid. Olis ishq sog‘inchi yoxud vatan surati (2010)

Olis-olis qirlar ortidan, Boysun tog‘lari adog‘idan dilni orziqtirguvchi navo taraladi. Mo‘ysafid xarsangtoshlar mangulik duosini o‘girayotgandek, o‘rkach-o‘rkach bo‘lib yotgan adirlar asrlardan yodgor karvonlarni eslatadi. Yam-yashil dashtlarda qora suruvlar, osmonning zangori yaylovida esa boqilgan oq hisori qo‘ylar misoli semiz bulutlar sokin kezinadilar. davomi…

Anvar Obidjon. Bolalikdan ayrilish qiyin (2010)

Bolaligimni qo‘msayveraman, qo‘msayveraman… Ichikib-ichikib sog‘inaman…Vaholanki, u zamonlarda hayot yengil bo‘lmagan. Uylar polsiz, qishda pechka topilsa, ko‘mir topilmaydi. O‘tin yoqsang, bir lovullab isitadi-yu, yana tafti so‘nadi. Sandalning ahvoli ham shu. Qor yoki yomg‘ir yog‘sa, tomdan chaqqa o‘tgani-o‘tgan, suv tomchilayotgan joylarga terib davomi…

Dildora Turdiyeva. Bechoralar hamdardi

Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy 1821 yilning oktyabr oyida Moskva shahrida tavallud topdi. U serfarzand oilaning ikkinchi farzandi edi. 1828 yilda Fyodor nasliy dvoryan maqomini oldi. Onasi taqvodor ayol edi.  U har yili farzandlarini Troitsa Sergiyev lavriga olib borar, ularga «Ko‘hna va davomi…

Pardaboy Nurjanov. Yuraklarga yo‘l topgan adib

Xalq taqdiri orqali butun bir davrni tasvirlashga, umuminsoniy miqyosda fikrlashga intilgan yozuvchilardan biri To‘lepbergen Qayipbergenovdir. Agar Abdulla Qodiriy «O‘tgan kunlar» romani orqali o‘zbek xalqini, Muxtor Avezov «Abay yo‘li» epopeyasi orqali qozoq xalqini, Chingiz Aytmatov «Jamila», «Asrga tatigulik kun», «Kassandra tamg‘asi» davomi…

Shoshlik allomalar

“Nasab” arabcha so‘z bo‘lib, kelib chiqish, nasl-nasab, sulola, ajdod ma’nolarini anglatadi. Islom ahlining ko‘payishi, arab xalqlarining ajam xalqlari bilan qo‘shilib ketishi nasablarni o‘rganish haqidagi ilmning dunyoga kelishiga zamin yaratdi. Uning asoschisi nasab ilmining imomi Hishom ibn Muhammad ibn Soib al-Kilabiy davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. Romanning bir fazilati

Atoqli adib Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani shu paytgacha avlodlar uchun o‘ziga xos adabiy-estetik maktab vazifasini o‘tadi va o‘tamoqda. Bu jarayon uzluksiz davom etaveradi. Zotan, badiiy jihatdan yuksak asarning hamisha insoniyatga adabiy saboq bo‘lishdek xosiyati bor. Taassufki, sho‘rolar zamonida badiiy davomi…

Abdulaxat Qahhorov. Ma’rifat osmonidagi yulduz

O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she’riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiatshunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariyning tavallud topganiga ming yil to‘ldi.

Inson ruhiyati jumboqlari

Yolg‘on gapirish, munofiqlik keng tarqalgan salbiy ko‘nikmalardan biridir. Ba’zan sochlariga oq oralagan insonlar ham, hali dunyoqarashi to‘la shakllanib ulgurmagan bolalar ham birdek yolg‘on gapirishlari mumkin. Aldov maqsadli ravishda yoki shunchaki, biron-bir sababsiz ham amalga oshirilishi kuzatiladi. Qiziq, ba’zi hollarda yolg‘on davomi…

Orziqul Ergash. Chayladagi hangoma (hikoya)

To‘rt o‘rtoq to‘planishib, polizga yetib kelgunimizcha shom bo‘ldi. Bu yerda birinchi qilgan ishimiz: endigina maza ingan uch-to‘rt sapchani tars-turs yorib yeb oldik. Yedigu ichimizga titroq kirdi. Diydirab apil-tapil chaylaga chiqdik-da, ko‘rpa-to‘shaklarga o‘randik.Mana, endi sal ilib, boshimizni ko‘rpadan chiqargancha jimir-jimir yulduzlarga davomi…