Yangi avlod ovozi (Qozoqboy Yo‘ldoshev, Umarali Normatov, Ibrohim G‘afurov) (2013)

XULOSA: Ibrohim G‘afurov javoblari: O‘zbekiston va uning xalqi ko‘z ochib yumguncha Istiqlolning chorak asriga yaqinlashib qoldi. Adabiyotchilar uchun bu endi adabiy jarayonlar borasida masofadan turib fikrlash va ayrim xulosalar chiqarishga imkon beradi. Bugun hamda ertaga qanday yo‘llar, yo‘nalishlarda yozish ma’qul, davomi…

Yangi avlod ovozi (Nazar Eshonqul, Dilmurod Quronov, Rahimjon Rahmat, Bahrom Ro‘zimuhammad) (2013)

Nazar Eshonqul javoblari: 1. Siz aytgan avlodlar bo‘linishi ko‘proq poeziyaga xos. Nazm – dunyoviy an’analar, usullar, sinovlar va shakllarni o‘zida sinab ko‘rdi, taraqqiyot bosqichiga chiqib oldi. Nasr haqida men bunday deb aytolmayman. Nazarimda, nasrga nisbatan jarayon bir muncha boshqacharoq kechganday. davomi…

Ahmad A’zam. Quroq (qissa)

Xo‘-o‘sh, endi sizga bir hangomani aytib bersam, bo‘lmagan gap deysiz, to‘g‘ri o‘ylaysiz, shu gapni boshqa birovdan eshitganimda o‘zim ham ishonmas edim, odamlarni go‘l deydi shekilli bu odam yo o‘zini go‘llikka solyaptimi deb, ensam qotardi balki, lekin sizni aldamay deb ko‘rganimga davomi…

Husaynxon Yahyo. Navoiyni qachon tushunamiz?

Hazrat Alisher Navoiy ijodi bilan o‘quvchilik yillarimizda tanishgan edim. Biroq Navoiyni tushunish, uning betakror iste’dodi qirralarini anglash juda qiyin edi. Qolaversa, Navoiy asarlari talqini hukmron mafkura mezonlaridan chiqib ketishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham sobiq ittifoq davrida nafaqat Navoiy davomi…

Adhambek Alimbekov. Turkiyalik shogird

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning dovrug‘i hayotligidayoq vatani sarhadlaridan chiqib, o‘zga yurtlarda ham mashhur bo‘lgan. Xususan, Turkiyaga uning g‘azallari 1483 yilda, Sulton Boyazidga yetib borgan. Bu 33 ta g‘azalni Sulton Boyazid davrining taniqli shoirlaridan bo‘lgan Ahmad Poshoga beradi. Ahmad Posho davomi…

Muhammadjon Xolbekov. Karpenter haqida so‘z

Lotin Amerikasi «Sehrli realizm» adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Alexo Karpenter (1904-1980)ning ijodiy yo‘li 1920 yillar Kubada bosh­landi. Yosh adib, Gavanada chiqadigan bir nechta davriy nashrlarda madaniy hayotga bag‘ishlangan rukn­ni olib borarkan, erksevar Kuba xalqini Yevropada sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlar, jumladan, davomi…