Ahmad A’zam. Tilda machchoyi sayil

Til – shunchaki gapirish yoki yozish emas, til – odamning tiynati, dil oynasi, madaniyati, odam olgan jami tarbiyaning hosilasi. Ataylab shevada yozib (farqi yo‘q, kinofilm­da aktyorlarni gapirtiramizmi yoki televizorda o‘zimiz mahalliy vatanparvarlik qilamizmi) ma’naviy cheklanganimizni, ma’nan qashshoqligimizni ko‘z-ko‘z etamiz. O‘ylamaylikki, davomi…

Abdulla Qahhor. Armanistonda o‘zbek adabiyoti haftaligi (1963)

Biz bugun Armanistonda o‘zbek adabiyoti haftaligini yakunlayotibmiz. Haftalikning siyosiy va madaniy ahamiyati ta’rifdan tashqaridir. Buni shundan ham bilsa bo‘ladi: bizning adabiy jamoatchiligimiz, sizlarning adabiy jamoatchiliklaring haftalikka oylab emas, yillab tayyorlik ko‘rishdi; bizda ham, sizlarda ham partiya va hukumat bu madaniyat davomi…

Abdulla Qahhor. Ulug‘ hindi (1964)

Ulug‘ adib, ulug‘ shoir, dramaturg, hikoyanavis Robindranat Tagorning hind adabiyoti taraqqiyotida xizmati katta. Tagor eski bengal poeziyasining lirik shakllarini takomillashtirdi, unga jilo berdi, bu shaklning alomat namunalarini yaratdi. Tagor bengal adabiyotiga Yevropa adabiyotining qudratli shakllarini olib kirdi, o‘rnatdi, mustahkamladi, uning davomi…

Abdulla Qahhor. Talant (1956)

Biz bugun poeziyamizda ko‘pdan uchirma bo‘lib yurib, endi dadil qanot qoqayotgan, ba’zan yiqilib tushsa ham, lekin she’riyatning baland cho‘qqilarini ko‘zlayotgan birmuncha yoshlarimizni ko‘rib quvongani yig‘ildik. Kim biladi, bu yerda kimlar o‘tiripti ekan! Hali chiqib o‘z asarlarini o‘qib beradigan yoki keyingi davomi…