G‘afur G‘ulom. Talant va mahorat (1962)

Men yosh qalamkashlar haqida bir-ikki og‘iz so‘z aytishni ko‘pdan buyon o‘ylab yurgan edim. Kishi qarigan sari o‘rinbosarlar to‘g‘risida ko‘proq tashvish tortadigan bo‘lib qolar ekan. Axir, hamma kasbda bo‘lganidek, badiiy ijodda ham o‘rinbosarlar, merosxo‘rlar bo‘ladi, busiz adabiyot o‘smaydi. Men ijodkorlik zahmatini davomi…

Matluba Dehqon qizi. Gul so‘qmoqlar (esse-qissa)

Tiriklik chog‘i aytolganim so‘z…Meni ham ming yillar qilar hikoya. G‘afur G‘ulom.  Sochilib yotibdi tuyg‘ular,  Ko‘nglimning bog‘lari parishon, Qay yaproq xazonga yuz tutar, Demak, kuz, oltindan bir nishon. Men seni izlayman Oltin gul, Bir umr, bir umr izladim. Zarrasin topsam ham mayli, deb, Armonning ichinda bo‘zladim. Ko‘nglimga yaqinroq davomi…

Ma’suma Ahmedova. Navbatchilikda (hikoya)

Tibbiyot kollejidan chiqqanida kun peshindan o‘tgan edi. Amaliyotni kasalxonaning travmatologiya bo‘limida o‘tashyapti. Dugonalariga bu bo‘lim yoqmayapti. Palatalar avtomobil va boshqa xil halokatiga yo‘liqqan, yiqilgan-surilgan dardmandlarga to‘la. Kimnidir qo‘li singan, kimnidir oyog‘i… “Durustroq manzarani ko‘rmaysan. Yuraklaring siqilib ketadi…” Anora shunday deydi. davomi…

Ma’suma Ahmedova. Begim kunlar (hikoya)

Bugun havoning zahri ketdi.Kun iljaydi.Kampir hassasiga tayanib, asta ayvonga chiqdi. Hovli burchidagi qayrag‘och shoxlarida qushlar chirqilladi. Kecha yomg‘ir ilvillatib ketgan bog‘lardan hovur ko‘tarildi. Qop-qora laycha kuchuk u yondan-bu yonga irg‘idi, shalpangquloq bola “mah-mah”, deya kuchukni olqishladi.Kampir zinalardan asta-asta tusha boshladi. davomi…