Mujohid Abdulmunaym Mujohid

MA’YuS TABASSUMING SOYaSIDA Ohista kuylayman, seni o‘ylayman, Oy, yulduzlar tushib seni yo‘qlasin. Ohista-ohista singib kuylayman, Mening o‘g‘lim ko‘ksing uzra uxlasin. Ko‘zlaringda o‘qiyman shul so‘zlarni: Nechun kuylar go‘yo g‘amlardan ozod, Go‘yo o‘chgan tashvish — motam izlari, Go‘yoki kishvari Sulaymonobod? Saxiy Ar-Rashiddek davomi…

Sovet Jamang‘arayev (1929)

Sovet Jamang‘arayev 1929 yili Buxoro viloyatining Tomdi tumanida tug‘ilgan. «Yosh davron» (1960), «O‘lanlar» (1965), «Tengdoshlar» (1966) kitoblari chop etilgan. ChO‘PON UYIDA Oq yuzli kelinchak kuymanar, Goh o‘tov pardasin yopadi. Ustida oq ko‘ylak, hilpirar, Yel o‘ynab, poyini o‘padi. Nozik qad, kiyim-bosh davomi…

Xoja Ismat Buxoriy (1365-1436)

Xoja Faxriddin Ismatillo binni Mas’ud Ismat Buxoriy 15 asrning mashhur shoirlaridan. Ma’lumotlarga qaraganda 1365 yilda tug‘ilib, 1436 yilda vafot etgan. Asosan qasida, g‘azal, masnaviy va ruboiylar yozgan. Amir Temur o‘limidan keyin Samarqand taxtini egallagan Xalil Sulton (Temurning nabirasi, Mironshohning o‘g‘li. davomi…

Bobo Afzal (XIII asr)

Bobo Afzal taxallusli Muhammad ibn Hasan ibn Husayn Afzaliddin Koshoniy mashhur fors-tojik shoiri va faylasufi bo‘lib, ba’zi g‘azallarini istisno qilganda, asosan, ruboiy yozish bilan shug‘ullangan. Shoirdan 483 ta ruboiy yetib kelgan bo‘lib, ularda hakimona mulohazalar so‘fiyona mushohadalar bilan omuxta bo‘lib davomi…

German Drugenbrudt

Shoir va, tarjimon German Drugenbrudt (Germain Droogenbroodt) Belgiyaning Rollegem shahrida tug‘ilgan. 1987 yili Ispaniyaga ko‘chib o‘tgan. Uning 11 ta she’riy kitobi nemis, italyan, ispan, ingliz, frantsuz tillarida chop etilgan. MASDARGA QAYTISh Tubsizlikda tubni kashf etgil soatlarni o‘qi vaqt girdobida sukunatni davomi…

Marleni Mehia Jaramillo (1975)

Marleni Mehia Jaramillo (Marleny Mejía Jaramillo) 1975 yili Kolumbiyaning Medellin shahrida tug‘ilgan. Kolumbiya milliy universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Medellin xalqaro she’riyat festivalining faollaridan biri. *** Yog‘duning nazari Qatliomni boshlab yuborar. Mavritanlar payg‘ambari aytganiday Soat to‘xtab qolar Sudralib-sudralib yurasiz siz ham. davomi…

Gulchehra Umirova (1986)

Gulchehra Umirova 1986 yil tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining filologiya fakultetini tugatgan. “Oppoq orzular”, “She’r vasli” nomli kitoblar muallifi. Ayni paytda o‘rta maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars bermoqda. BOLALAR Uxlatmang bolalarni, Beshigidan uyg‘oting. Yuragiga qulf solgan, Eshigidan uyg‘oting. davomi…