Erkin Samandar. Afsungar gul (hikoya)
Uni avval tushida ko‘rdi Sabohat. Qizilqoya tepasida u lov-lov yonib turardi. Ufqdan endi bosh ko‘targan quyosh nurlarida barglari cho‘milayotganday edi. Quyoshdanmi yoki o‘zi shundaymi, ular qip-qizil. Yirik-yirik. Bo‘ylari ham antiqa. Sarvguldan-da baland. Shoxalari bo‘ldamli. Orasida bulbul chah-chah sayraydi.Yo, tavba, deydi davomi…