Nusrat Rahmat. Bemor (hikoya)

“Assalomu alaykum, hurmatli tog‘ajon!Ushbu nomani qadrdon jiyaningiz − Sodiqjondan deb bilgaysiz!Salomatligingiz yaxshimi? Yangam, jiyanlarim sog‘-salomatmi? Dissertatsiyangiz qiynab qo‘ymadimi?Mendan ahvol so‘rasangiz, yomon emas. Vrachlar obdon tekshirishdi, rentgendan o‘tkazib, dori-darmon tayinlashdi. Juda mehribon, g‘amxo‘r odamlar ekan. Tuzalib ketsam, biror yo‘l bilan yaxshiliklarini davomi…

Nusrat Rahmat. Noma’lum rassom (hikoya)

Mahalladoshlar uni unchalik xushlashmaydi. Deyarli har yili yangilanib turiladigan mashinalar, dang‘illama imoratdagi chet el jihozlari nopok yo‘l bilan kelayotganini hamma biladi. Shunga qaramay, uning oldiga kelib turishadi, iltifot ko‘rsatishadi. Axir, kimning tashvishi yo‘q? Birovga g‘isht, boshqa birovga ko‘mir zarur bo‘lib davomi…

Nusrat Rahmat. Ta’qib (hikoya)

Qodir aka, shifoxonada yotgan paytlari uyda to‘planib qolgan gazeta-jurnallarni ko‘zdan kechirayotganda, nabirasi Mo‘min amaki tobut yasayotganini xabar qilib qoldi. Buni eshitib, negadir uning eti jimirlab ketdi, vujudiga noxushgina titroq kirdi, ruhi tushdi. Sababiki, bundan biror soat oldin Usta Mo‘min ko‘chada davomi…

Nusrat Rahmat. Zarpechak (hikoya)

Ikki yonida pishiq g‘ishtdan jimjimador qilib ustun tiklangan, ustidan esa hashamdor boloxona qurilgan, o‘ng tabaqasiga ovcharka rasmi chizilib, “Ostorojno, zlaya sobaka!” deb yozilgan tunuka qoqilgan tanish darvoza qarshisida bir zum to‘xtab qoldim: dilimda noxush, rutubatli tuyg‘u paydo bo‘ldi. Bundan yetti davomi…

Nusrat Rahmat. Mavhum tuyg‘ular (hikoya)

Nihoyat, shuncha yakravlikdan keyin bobom ham bu yerdan ko‘chadigan bo‘ldilar. Bundan butun oilamizdagilar quvonishdi. Biror yil ilgari barcha qishloqdoshlarimiz posyolkaga ko‘chib o‘tib, Qamchinda u kishining bir o‘zi qolgandi- da. Bobomni bu yerdan ko‘chirishga hech kim ko‘ndirolmagandi. Kolxozimiz raisi Mingnorov ham, davomi…

Nusrat Rahmat. Iqbol (hikoya)

– Chiqar! – buyurdi polvon, odatdagi to‘nglik bilan toshlarni imlab ko‘rsatarkan.Men zilday og‘ir toshlardan ikkitasini ikki qo‘limga olib, sahnaga chiqdim: zalning har yer-har yeridan tartibsiz qarsak chalindi.Bular meni polvon deb o‘ylashganidan shunday qilishadi. Aslida men polvon emas, uning shogirdiman. Institutga kirolmaganimdan davomi…