Nurullo Oston. Haydalish kuyi (hajviya)

…Otabek choyxonaning avloq xonasida bo‘za ichayapti. Hofiz nola qilayapti. U chalg‘uvchini yoniga imlaydi. -Qaysi kuyni chalishni buyuradilar, Bek? -Bilsangiz, haydalish, ajralish kuyini chalingiz… -Bunday kuy borligini birinchi bor sizdan eshitishim… -Bilmasangiz, bilganingizni chalingiz… Otabek to‘g‘ri aytgan ekan, haydalish kuyi bor davomi…

Nurullo Oston. Pul (hajviya)

Olimlarning tadqiqotlariga qaraganda inson o‘z umri davomida miyasining 6 foyizinigina ishlatarkan xolos. Qolgan 94 foizi ekilmagan qo‘riq, huvillagan dala! Hoy, dalang bo‘sh yotibdi-ku, biror narsa ekmaysanmi, demaydi hech kim. Chunki o‘sha gapni aytadigan odamning ham dalasi huvillab yotipti. Ha, keling, davomi…

Nurullo Oston. O‘rtoq oshxo‘rlar (hajviya)

Ilgari qishloqlarda to‘ylarga uyma-uy xabar qilinmasdi. Doira ovozi chiqdimi, odamlar gurros-gurros bo‘lib o‘sha tomonga boraverishardi. Hozir hamma noziklashib ketgan. Qo‘shninikida vadavang to‘y bo‘lsa ham, aytilmasa chiqmaydi. Ha, yur, qo‘shnichilik, desang: “Mani  aytmagan, neudobna”,-deydi. Bizning xalqday oshxo‘r yo‘q dunyoda. To‘g‘ri, guruch davomi…

Nurullo Oston. Saylov (hajviya)

Har gal saylovlarni intiqlik bilan kutaman. Partiyalar nomzodini ko‘rsatgan, imzolar to‘plangan, to‘s-to‘polon, bir nomzod ikkinchisining basharasiga loy chaplagan, suv sepgan, har tomonda afisha, transporantlar, “Gupchak uchun ovoz bering”, “Baliqov sizning eng yaxshi nomzodingiz”, “Puldor, kechirasiz ilg‘or nomzodlarni saylaylik”, xullas bepul davomi…