Abdulaziz Muborak (1976)

Abdulaziz Muborak (Raimov Abdulaziz Abduvaxabovich) 1976 yil 24 mart kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Langarbobo qishlog‘ida tug‘ilgan. She’rlari respublika matbuotida chop etilgan. “Tongdagi shabnam” va “Siz menga keraksiz” nomli kitoblari she’riyat ixlosmandlariga havola etilgan.1999 yili O‘zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini davomi…

Abdulla Vaxshivoriy (1962)

1962 yil 31 martda tug‘ilgan. “Sizni yaxshi ko‘raman”, “Ishq daraxti” kitoblarining muallifi. Shoirning yangi, “ Jannat yurtim”, she’riy to‘plami nashrdan chiqish arafasida. Toshkent teleradiokompaniyasida katta muharrir bo‘lib ishlaydi. O‘ZBEK ELIM Eshikdan kelganga to‘rini bergan, Mehmon, deb qalbining qo‘rini bergan, Topgan-tutganini, davomi…

Shuhrat Shokir (1987)

Shuhrat Shokir 1987 yili Tojikistonning Leninobod viloyati, Isfara rayonida tug‘ilgan. Xo‘jand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Hozir o‘qituvchilik qilyapti. «O‘RIK GULLARI» TURKUMI Durdonaga bag‘ishlayman Endi to‘kilmasman, zavol bilmasman Yashillik axtarib yurmasman bekor. Tunlarni sipqorib, tongda o‘lmasman Ostonamga yo‘qlab davomi…

Jo‘rabek Jahon (1987)

Jo‘rabek Jahon 1987 yili Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. *** Do‘st qolmadi menga o‘zga qalam birlan qog‘ozimdan, O‘gitlar o‘rganib o‘sdim hayot nomli marosimdan. Dilimda dildorlar o‘sdi, yo‘limni minorlar to‘sdi, Ishq yurakning yaqin do‘sti, qo‘ymasin davomi…

Zohidjon Xolov (1986)

Zohidjon Xolov 1986 yilning 17 oktyabrida Parkent tumanida tug‘ilgan. U 2003 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Zominda o‘tkazilgan iste’dodli yosh ijodkorlarning 7-an’anaviy Respublika anjumanda ishtirok etgan. Shu yili “Kamolot” YoIH tashkillashtirgan “Iste’dod — 2003″ ko‘rik-tanlovida she’rlari yuqori baholanib, “Mohir ijodkor” nominatsiyasi davomi…

Isomiddin Po‘latov (1985)

Isomiddin Po‘latov 1985 yilda Samarqand viloyati Urgut tumani So‘fi qishlog‘ida tug‘ilgan. 2004-2004 yillarda Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini bitirgan. 2008 yildan buyon viloyat «Zarafshon» gazetasida faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni paytda ta’lim va madaniyat bo‘limi boshlig‘i. QISQARTIRIB BO‘LMAS… Olti kunning o‘tishi davomi…