Isajon Sulton. Sofiya (hikoya)

(bir muhabbat hikoyasi) Yaqindagina ro‘y bergan, tabiatni yakson etib, shiddatli sellar paydo qilgan dovul mahali chaqmoq urgan bir kishining holidan xabar bermoqchiman. Chunki avvalboshda oddiygina tuyulgan shu hikoya bir oz vaqt o‘tgach, nazarimda boshqa ma’no kasb eta boshladi. “Sofiya” so‘zi davomi…

Isajon Sulton. Sog‘inch (hikoya)

Shaftoli shoxidaman,Onamning yonidaman,Boray desam yo‘l uzoq,Otamni sog‘inaman…(Bolalar qo‘shig‘i) Bir necha kundirki sovuq tushdi. Ertalab sahar tashqariga chiqsangiz, hammayoqni ko‘z yetadigan olis-olislargacha oqish qirov-bulduruqlar qoplab yotganini ko‘rasiz. Kechalari etni o‘yib, suyakni zirqiratar darajada sovuq shabada esadi, bu izg‘irinda yaqindagina issiq-issiq ko‘z davomi…

Isajon Sulton. Ota qasidasi (hikoya)

Muhtasham bir binoning oynavand kirish eshigi oldida ko‘kish zarhal kiyim kiygan ikki baquvvat darbon zerikib turar edi.Yomg‘ir shivalab yog‘ar, qizil tosh terilgan yo‘laklar, qimmatbaho arobalar turli- tuman chiroqlar yog‘dusida tovlanib ko‘rinardi.Kishilar shosha-pisha yo‘lakdan o‘tib bormoqda edilar. Saldan keyin usti yomg‘irda davomi…

Nusrat Rahmat. Manzaralar

ZULM O‘tgan asrning yetmishinchi yillarida “Qishloq haqiqati” gazetasining viloyatlararo muxbiri bo‘lib ishlaganimda, ancha−muncha dono, tadbirkor raislarni bilardim. Jomboylik rais urush (1941−1945) ishtirokchisi bo‘lib, front taassurotlari, kontslager azoblarini so‘zlab berishni yoqdirardi.Mash’um “O‘zbeklar ishi” bilan ko‘p raislar, jumladan jomboylik birodarim ham qamoqqa davomi…

Anvar Suyunov (1983)

Tavallud kunim:  1983 yilning 29-apreli. Men tug‘ilgan yurt: Samarqand viloyatining sharqiy tegrasi, mamlakatimizning dengiz sathidan eng baland hududi, G‘o‘bdintog‘ adirlaridagi Eshmonto‘b qishlog‘i. Men ilk tahsil olgan maskan: Bulung‘urning 25-o‘rta umumta’lim maktabi. Keyingilari: SamDU qoshidagi litsey-internat, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti. Birinchi davomi…

Anvar Suyunov. Erta ketgan bolalik (hikoya)

Oqsoch Baxmalning o‘rmonzor qoyalari osha tong ko‘tarilib keladi.O‘ktam cho‘qqilarning kumushrang qorlaridan en olib shoshayotgan jilg‘a ustida parlanayotgan bug‘ misoli subhidamning rutubati o‘ynaydi. Oynaday tiniq suv ostida turfa xil qayroq toshlar marvarid kabi jimir-jimir qiladi. Terisi shahdiga torlik qilayotgan qulunday o‘ynoqlab davomi…

Anvar Suyunov. Oti borning oti bor! (esse)

Qishning zamharir, etni simmillatadigan ayozli kuni. Bepayon kengliklar qo‘ynidagi yaydoq sayhonlik. Sayhonlik mag‘ribida Kaltepa qishlog‘ining qora-qura uylari elan-qaran ko‘rinib turadi. Soy labi bo‘ylab turli-tuman avtoulovlar turnaqator bo‘lib tizilib olgan. Bu yerda bedovlar pishqirig‘i qaynaydi, qamchilar tarsillaydi, polvonlarning urho-uri guvillaydi. O‘rtada davomi…

Anvar Suyunov. Mudarris (ocherk)

Toshkent Iqtisodiyot universitetining katta ma’ruzalar zali.Bichimi qadimgi Rimning Kolezeyini eslatuvchi auditoriyadagi zinama-zina o‘rindiqlarda tizilib olgan talabalar enishdagi bitiktaxta yozuvlariga ko‘z tikishgan. Tevarakda pashsha g‘o‘ng‘illasa eshitilgudek. Bahaybat derazalardan tushayotgan quyosh nurlari bitiktaxta yoziqlarini yiltillatib, yaltiratib o‘tadi. Unda ko‘hna iqtisodiyot fanining zamonaviy davomi…

Anvar Suyunov. Majlisboshi (hikoya)

Ovloq joyda to‘ng‘iz tepaga chiqadi.Xalq maqoli I Qish. Kechagina qilichini qayrab turgan ayoz negadir bugun ortga chekinib, qaylargadir g‘oyib bo‘ldi-yu, anchadan buyon qichirlagan sovuqda hurpayib yurgan odamlarga iliq va namxush havo xush keldi. Ko‘chalarda chang‘i yetaklagan bolakaylar va qorbo‘ron o‘ynayotgan davomi…